Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
18 апреля 2024 г.
Eng yaxshi kitobxon bo‘laman

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi  

Eng yaxshi kitobxon bo‘laman

Kitobxonlik soati

Pedagog va yozuvchi Ya.Komenskiy “Kitoblar - donishmandikni yoyish qurolidir”, desa, yana bir faylasuf J.Svift “Kitoblar aql farzandlaridir”, deydi. Farzandlarimiz kitobxon bo‘lishi uchun ota-onalarning ham kitobxon bo‘lishi muhim. Ahamiyat beradigan bo‘lsak, o‘g‘il bolalarni ko‘proq otasi mashg‘ul ish qiziqtiradi. Qiz bolalar esa onalari yonida vaqt o‘tkazishni xush ko‘radi. Birga o‘qilgan kitob ichidagi voqea va ma’no ikki karra qiziq va mas’uliyatli natija berishi aniq.

3­–4 yoshli bolaga ota-ona dastlab ertaklarni og‘zaki bayon etsa, 6–7 yoshida kattaroq hajmdagi ertak va hikoyalarni o‘qib berib, o‘qishga qiziqtirishi kerak. Bola 9–10 yoshga yetganda unga o‘zi sevgan kitobini xarid qilishi uchun imkoniyat berish va endi boladan o‘qigan badiiy asari xususida taassurotlarini so‘ramog‘i muhim bosqich. Kitobxonlikning keyingi pog‘onalariga bolalar o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib asarlarni o‘zlari tanlab o‘qiy boshlaydi. Demak, farzandga ota-ona nazorati va xayrihohligi kitobxonlikda ham zarur jarayon desak bo‘ladi. Axir, farzandlarimizning har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lishi uchun ota-onalar zimmasida katta mas’uliyat turadi.

Bugungi bo‘lib o‘tgan kitobxonlik soatida 14- umumiy o‘rta ta’lim maktabning 1-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar. Bolalarga kutubxonaga a’zo bo‘lish, kitob o‘qish qoidalari, kitoblarni yaxshi saqlash haqida mutaxassislar tomonidan  kerakli tavsiyalar va maslahatlar berildi. Qo‘llariga berilgan  ertak kitoblardan  ular olam-olam zavq oldilar. O‘z navbatida bolalar  oldilariga “Eng yaxshi kitobxon bo‘laman” deb  maqsad qo‘ydilar.

2 июля 2026 г.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#Zangiota_tuman_akm

📅 2-iyul, 2026-yil

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
 

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. …

Batafsil
2 июля 2026 г.
Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni

#Zangiota_tuman_akm

📅 2-iyul, 2026-yil

“Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni”
“Vatan ravnaqi-mutolaa bilan”

 

🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida reja asosida "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni munosabati bilan ochiq osmon ostida “Vatan ravnaqi-mutolaa bilan” nomli uchrashuv kechasi o’tkazildi.

📚 Unga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati Targ‘ibotchilar jamiyati …

Batafsil
1 июля 2026 г.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

#Zangiota_tuman_akm

📅 30-iyun, 2026-yil

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
 

🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan,  “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida "Nurafshon" mahallasida “Ma’rifatli avlod-mustahkam vatan!”  nomli  maʼnaviy- maʼrifiy …

Batafsil
30 июня 2026 г.
Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!

#Zangiota_tuman_akm

📅 30-iyun, 2026-yil

Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!
 

👥 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan,  “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Quvnoq” nomli sog’lomlashtirish …

Batafsil
29 июня 2026 г.
Yoshlar bilan porloq kelajak sari

#Zangiota_tuman_akm

📅 29-iyun, 2026-yil

“Yoshlar bilan porloq kelajak sari”

🏛 30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga …

Batafsil
29 июня 2026 г.
Jamiyat tarbiyachisi, islohotlar targ’ibotchisi

#Zangiota_tuman_akm

📅 29-iyun, 2026-yil
 

🗞 1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik …

Batafsil