Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish

Zangiota axborot-kutubxona markazida joriy yilning 15 Sentabr holati bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari:

Axborot-kutubxona fondlarini konservatsiya va restavratsiya qilish xizmati
axborot – kutubxona texnologiyalari 1-toifali mutaxassis
Lavozim majburiyatlari:
  • -muqovalash ishlarini amalga oshirish;
  • -ta’mirlash jarayonida amaldagi normalarga muvofiq mahsulotlardan foydalanish;
  • -matbaa jihozlari yordamida nodir va noyob adabiyotlarni qayta tiklash;
  • -kitob muqovasi namunasini yaratish va tasdiqlatishga taqdim etish;
  • -dekstrin yelimlar, shakllar, muhrlarni tayyorlash;
  • -kutubxona xizmatlari fondidan qabul qilingan nodir nashrlar, gazeta, jurnallarni.
  • -qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega adabiyotlar, gazeta va jurnallarni ta’mirlash;
  • -o‘z vaqtida yong‘in xavfsizligi va sanitariya xizmatlari tomonidan ruxsat olish;
  • -hisobot hujjatlarini va ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish.
Kvalifikatsiya bo‘yicha talablar:
  • oliy yoki o‘rta-maxsus axborot- kutubxonashunoslik ma’lumoti, matbaa va poligrafiya jihozlari ustasi ma’lumotiga ega;
  • 2 yildan kam bo‘lmagan axborot – kutubxonachilik va noshirlik ishi bo‘yicha ish staji;
  • xorijiy tillarni(rus, ingliz tillar);
  • kompyuter savodxonligi, dizayn bo‘yicha malakaga ega bo‘lish.