Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!
Xatoligi bor matn:
Yuborish
Fuqarolarning murojatlarini ko‘rib chiqish tartiblari:
Zangiota axborot kutubxona markaziga kelib tushgan barcha murojaatlar
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi
to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida ko‘rib
chiqiladi. Zangiota axborot kutubxona markazida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga
olish va ko‘rib chiqish uchun yuborish, shuningdek, uning ko‘rib chiqilishini nazorat qilish Milliy
kutubxona Devonxonasining mas’ul
xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Zangiota axborot kutubxona markazining 2015 yil 8 maydagi 53-son buyrug‘i
asosida Zangiota axborot kutubxona markazida jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi
Nizomi tasdiqlandi. Kutubxonaga kelib tushgan murojaatlar ushbu Nizomda belgilangan bandlar
tartibida ko‘rib chiqiladi va bajariladi.
Fuqarolarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Hukumat portali) orqali kelib tushgan
murojaatlari:
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Hukumat portali) orqali kelib
tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30
dekabrdagi 378-son qarori bilan
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi
Nizom talablari hisobga olingan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi:
qog‘ozga bosib chiqariladi
ro‘yxatga olinadi
elektron nusxa olinadi
murojaat “Ijro.uz” dasturi orqali Milliy kutubxona rahbariga yuboriladi
rahbar topshirig‘i bilan tegishliligi bo‘yicha xizmat rahbariga yuboriladi
shakl bo‘yicha xisobga olish kartochkasi to‘ldiriladi
murojaat qiluvchiga javob yuborilgandan so‘ng, hisobga olish kartochkasiga belgi
qo‘yiladi.
Murojaat etuvchilarga qo‘yiladigan talablar:
jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi);
uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi;
uning joylashgan joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlangan murojaat;
murojaatning mohiyati to‘liq bayon etilgan bo‘lishi kerak.
Murojaatlarni ko‘rmay qoldirish
Quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:
- anonim murojaatlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini
tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;
- qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.
Anonim deb e’tirof etilgan murojaatlar xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan yoki ijrodan
olinadi.
Zangiota axborot kutubxona markazi devonxonasiga kelib tushgan barcha murojaatlar bir kun ichida rasmiy murojaat
sifatida ro‘yxatga olinadi, elektron nusxa olinadi va “Ijro.uz” dasturi orqali kutubxona
rahbariga yuboriladi. Murojaat tegishliligi
bo‘yicha topshiriq bilan xizmat rahbariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Zangiota axborot kutubxona markazi devonxonasiga kelib
tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari.
Ariza yoki shikoyat masalani mazmuni bo‘yicha hal etishi shart bo‘lgan Zangiota axborot kutubxona markaziga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun mobaynida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki)
tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab
olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Taklif Zangiota axborot kutubxona markaziga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda
ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni
kiritgan jismoniy yoki yuridik
shaxsga o‘n kun muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.
Zangiota axborot kutubxona markazining veb-sayti, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan
murojaatlar murojaat etuvchining elektron manziliga elektron shaklda yuboriladi. Murojaatlar
elektron bo‘lmagan xolda, murojaat etuvchining
ko‘rsatilgan manziliga yuboriladi.