Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Jajji jurnalist
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
27-iyun “O‘zbekiston Respublikasi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan tumandagi 14-maktabda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan “Kelajak yulduzlari” nomli sog’lomlashtirish maydonchasida “Kitob-qalb quyoshi” nomli faol kitobxonlar klubi a’zolari bilan birgalikda “Jajji jurnalist” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Undan ko’zlangan maqsad jurnalistika sohasini targ’ib qilish, yoshlarni kitob o’qishga jalb qilish, ular o’rtasida adabiy immunitetni oshirish hamda nutq madaniyatini va dunyo qarashini kengaytirishdan iborat. Tadbirda yoshlar o’qigan kitoblarini taqdimotini huddi jurnalistlar kabi yoritib, tengdoshlariga o’qish uchun tavsiya qildilar. Tadbir doirasida yangi chop etilgan bolalar kitoblaridan iborat kitob ko’rgazmasi tashkil qilinib dam olayotgan o’quvchi yoshlar e’tiboriga havola qilindi. Tadbirda Zangiota tumani hokimining axborot siyosati masalari bo’yicha maslahatchisi – matbuot kotibi, jurnalist D. Toshkenboyeva, tuman “Istiqbol” gazetasi muhbiri I. Abduazimovalar ishtirok etdilar. Tadbir ko’tarinki ruhda, savol-javoblarga boy tarzda o’tkazildi. Faol ishtirok etgan ishtirokchilar kutubxona ma’muriyati tomonidan badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandilar. Ushbu tadbirda 80 nafardan iborat o’quvchi yoshlar ishtirok etdilar.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …