Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
23 июня 2025 г.
Ertakli kun

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Ertakli kun
Kitobxonlik soati
Bolalar adabiyoti jajji bolajonlarning ichki dunyosini, ularning his-tuyg’ularini, fel-atvorlarini ochib berish bilan ularni hayajonlanishiga, qahramonlarning xatti -xarakatlarini baholashga  va uni muhokama qilishga o’rgatadi. Badiiy asarlarning eng yaxshi namunasi bolalarda axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga, yaxshi-yomon, haq-nohaq, rost- yolg’on so’zlarning  ma’nosini tushunib olishga yordam beradi. Yozgi ta’tilda  bolalar qiziqarli badiiy adabiyotlarni o‘qib, o‘z dunyo qarashlarini kengaytirishlari uchun ham yaxshi bir fursatdir. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 15-maktabda faoliyat olib borayotgan “Qaldirg’och” nomli sog’lomlashtirish maydonchasida bo’lib, eng sara bolalar uchun nashr qilingan kitoblardan iborat “Ertakli kun” nomli kitobxonlik soati o’tkazib, ko’chma kutubxona tashkil qildilar, hamda olib borilgan adabiyotlarning targ’ibotini o’tkazdilar. Bolalar kitoblarga katta qiziqish bilan qarab o’zlari oqigan kitoblari, undagi qahramonlar haqida tengdoshlariga gapirib berdilar. “Masha va ayiq” hamda “Ochko’z boy” ertaklarini rollarga bo’lib jonlantirdilar. Ko’rgazma uchun olib borilgan kitoblardan o’qish uchun oldilar.  Tadbirda 24 nafar o’quvchilar qatnashdilar.

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil