✨🇸🇱 Konstitutsiyaviy islohotlarga bag'ishlandi
✅ Inson, xalq, millat, jamiyat va davlat tushunchalari o‘zaro bog‘liq bo‘lib muayyan tizim va tuzum bilan qonuniy, huquqiy asosga egadir. Ushbu huquqiy hujjat asosiy qonunimiz Konstitutsiyadir. Konstitutsiyaga nisbatan Bosh qomusimiz - or nomusimiz ramzi deyilishi ham bejiz emas. Demak, unga e’tibor, munosabat masalasi o‘zligimizga e’tibor va munosabat demakdir. Ilm olish, mehnat qilish, dam olish va hokazolar bilan bog‘liq huquqiy jihatlarni bilish va unga amal qilish har bir fuqaroning burchdorlik tuyg‘usini his etishidir. Yangicha qarash, yangicha hayot tarzi Konstitutsiyaning ayrim moddalariga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritish zarurligini taqozo qilgani rost. Shuning uchun ham yangi konstitutsiya xalq hukmiga havola qilindi, ularning takliflari e’tiborga olinib konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilayotgani, ochiqlik, oshkoralik, demokratik tamoyillarga to‘la amal qilinayotgani ayni haqiqatdir. Joriy yilning 29 mart kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Biz yangi Konstitutsiyadan nimalar kutyapmiz?” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda O`zbekiston Republikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti umumiy masalalari bo`yicha direktor o`rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor Tulyaganov Abdumannop Abdujabborovich ishtirok etib, yig`ilganlarga yangi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o`zgartirishlar va yangi moddalarning mamun-mohiyatini tushuntirib berdi. Shuningdek, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan axborot-kutubxona markaziga inson huquqlariga oid 300 dona adabiyotlar sovg`a qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …