Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
26 марта 2024 г.
“Yulduzlarga oshno qalb”

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yulduzlarga oshno qalb
Davra suhbati
“Ulug‘bek Mirzo yoshligidanoq bobosi Amir Temur saroyida tarbiyalanib, saroyga yig‘ilgan olimu fuzalolar ta’sirida ilm-fanga qiziqadi. Ulug‘bek kichik  yoshida ulkan bir mamlakatning sultoni bo‘lib, bobosi Amir Temur kabi jangchi emas, balki ilm-ma’rifat shaydosi edi. Binobarin, u mamlakatda ilm-fan ravnaqiga jon-jahdi bilan kirishar va bu yo‘lda xazinani ayamasdi. Uning davrida Samarqand Sharqning eng gullagan madaniyat o‘chog‘iga aylangan edi”.
Dunyo astronomiyasi taraqqiyotini Mirzo Ulug‘bekning xizmatlarisiz tasavvur etish qiyin. Movarounnahrda qirq yil hukmronlik qilgan sultonning ilm-fan uchun alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi, madrasalar barpo etishi, Samarqandda yirik astronomiya maktabiga asos solishining o‘zi tarix oldidagi katta xizmatidir. Mirzo Ulug‘bek tashabbusi bilan  1424-1428 yillar mobaynida Samarqand shimolida Obirahmat arig‘i bo‘yidagi Ko‘hak tepaligi bag‘riga bunyod etilgan  jahonga mashhur rasadxona o‘z davrida osmon jismlarini o‘rganuvchi eng yirik inshoot hisoblangan. 
Axborot-kutubxona markazida buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi  Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan “Yulduzlarga oshno qalb” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda 8-maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirda o‘quvchilarga Mirzo Ulug‘bek hayoti va ijodi, uning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.  Ishtirokchilar uchun kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirib, bahorgi ta’til davrida o‘qishlariga kitoblar tavsiya qilindi.

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil