Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
28 октября 2022 г.
"INFOLIB O'ZBEKISTON–2022" XI MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI

Aziz kitobsevar do‘stlar!

31 oktabrdan - 4 noyabr kunlari Resublikamizda “Infolib  O‘zbekiston -2022” XI Milliy axborot-kutubxona xaftaligi va yosh kutubxonachilar forumi o‘tkazilishini Sizga  ma’lum qilamiz. Xaftalik doirasida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida ham besh kun davomida turli mavzularda tadbirlar o‘tkaziladi:

✅ 31 oktabr  "INFOLIB O'ZBEKISTON–2022" XI MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI doirasida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida haftalikning  ochilishi soat 14:00 da o’tkaziladi. Tadbirda adabiyotshunos olim, yozuvchi Pirimqul Qodirov tavalludi kuni munosabati bilan kitob ko’rgazmasi ochilib, adibning “Ona lochin vidosi” kitobining taqdimoti bo’lib o’tadi.

✅ 1 noyabr haftalikning ikkinchi kunida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, H-harbiy qismi bilan hamkorligida “Zulmatdan nur qidirganlar” deb nomlangan jadid adabiyoti namoyandalari hayoti va ijodiga bag’ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o’tkaziladi. Tadbir soat 11:00 da institut binosida bo'lib o'tadi.

✅  2 noyabr haftalikning uchinchi kunida O’zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tavalludi kuni munosabati bilan she’riyat kechasi axborot kutubxona markazida soat 11:00 da bo'lib o'tadi.

✅  3 noyabr haftalikning to’rtinchi kunida davlat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 105 yilligiga bag’ishlangan xotira kechasi tumandagi 15-IDUMda bo’lib o’tadi.

✅  4 noyabr kuni "INFOLIB –2022" haftaligining yopilish marosimi bo’lib o’tadi. Tadbir shoir va jurnalist Nazarmat Egamnazarov tavalludining 105 yilligiga bag’ishlanadi va adibning “Ona ko’rsatgan yo’l” kitobining taqdimoti axborot kutubxona markazida soat 11:00 da bo'lib o'tadi.

 Barcha kitob ihlosmandlarini ushbu tadbirlarga taklif etamiz.

2 октября 2026 г.
Muvaffaqiyat sari yo`l

Baxromova, N. Muvaffaqiyat sari yo`l : [ko'rik - tanlov] / N. Baxromova // Istiqbol. - 2026. - 2 okt. UO`K : 02

Batafsil
18 сентября 2026 г.
Kitob - xalqlarni yaqinlashtiruvchi ma`naviy ko`prik

Amirova, J. Kitob - xalqlarni yaqinlashtiruvchi ma`naviy ko`prik : [Qozog`istonlik kitobsevarlar - tumanimizda] / J. Amirova // Istiqbol. - 2026. - 18 sent. UO`K : 02

Batafsil
11 сентября 2026 г.
Bo'stonni yashnatuvchi bog'dir kitob

Axmedova, S. Bo'stonni yashnatuvchi bog'dir kitob : [tuman axborot - kutubxona markazi 55 yoshda] / S. Axmedova // Istiqbol. - 2026. - 11 sent. UO`K : 02

Batafsil
4 сентября 2026 г.
Tafakkur bo`stonida yangi nur

Eshmamatova, M. Tafakkur bo`stonida yangi nur : [yangi kitoblar haqida] / M. Eshmamatova // Istiqbol. - 2026. - 4 sent. UO`K : 02

Batafsil
26 августа 2026 г.
"Kitobxon onalar" kuni

Ubaydullayeva, N. Kitobxon ona - nurli xonadon : ["Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi] / N. Ubaydullayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02

Batafsil
21 августа 2026 г.
Mehr kutubxonasi

Mirdadayeva, M. Mehr kutubxonasi : [tuman axborot-kutubxona markazida kitob eltuvchilik xizmati amalga oshirilmoqda] / M. Mirdadayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02

Batafsil