Zangiota tumanida ham Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Maʼrifat va saxovat karvoni” xayriya tadbirlari doirasida keng koʻlamli, ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus jamiyatimizda mehr-oqibat, hamjihatlik va gʻamxoʻrlik qadriyatlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🕊Tumanda 4 ta “Koʻmakchilar guruhi” shakllantirilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda. Ularning xonadonlariga birinchi navbatda dori-darmon, gigiyena vositalari, maktab bolalari uchun o‘quv qurollari hamda milliy adabiyotimiz durdonalaridan iborat kitoblar yetkazilmoqda. Bu orqali qalblarga iliqlik, umid va e’tibor ham ulashilmoqda.
🤝 Xayrli ishlarning boshida esa tuman hokimi, Respublika ishchi guruhi, tuman hokimining oʻrinbosarlari, tuman kengashi deputatlari, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda biriktirilgan tashkilot va korxona rahbarlari faol ishtirok etmoqda. Ular har bir xonadonga kirib, davlatimiz rahbarining g‘amxo‘rligi va eʼtiborini yetkazmoqdalar.
📌Ushbu tashriflar chogʻida maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar, ijtimoiy muammolarni oʻrganish va ularni bartaraf etish choralari ham ko‘rilmoqda.
🕯Aytish joyizki, “Maʼrifat va saxovat karvoni” – bu bir kunlik tadbir emas, insonparvarlik, mehr va hamjihatlik yo‘lidagi barqaror harakatdir. Bu kabi tashabbuslar esa xalqimiz qalbida mehr, davlatga ishonch va ertangi kunga umid uyg‘otmoqda.
📖 Tumanda faoliyat olib borayotgan “Ko’makchilar guruhi”da axborot-kutubxona markazi direktori S.Axmedova ham faol ishtirok etib, ehtiyojmand oilalardan xabar olmoqda.
Baxromova, N. Muvaffaqiyat sari yo`l : [ko'rik - tanlov] / N. Baxromova // Istiqbol. - 2026. - 2 okt. UO`K : 02
Amirova, J. Kitob - xalqlarni yaqinlashtiruvchi ma`naviy ko`prik : [Qozog`istonlik kitobsevarlar - tumanimizda] / J. Amirova // Istiqbol. - 2026. - 18 sent. UO`K : 02
Axmedova, S. Bo'stonni yashnatuvchi bog'dir kitob : [tuman axborot - kutubxona markazi 55 yoshda] / S. Axmedova // Istiqbol. - 2026. - 11 sent. UO`K : 02
Eshmamatova, M. Tafakkur bo`stonida yangi nur : [yangi kitoblar haqida] / M. Eshmamatova // Istiqbol. - 2026. - 4 sent. UO`K : 02
Ubaydullayeva, N. Kitobxon ona - nurli xonadon : ["Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi] / N. Ubaydullayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02
Mirdadayeva, M. Mehr kutubxonasi : [tuman axborot-kutubxona markazida kitob eltuvchilik xizmati amalga oshirilmoqda] / M. Mirdadayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02