Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
«Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki»
Umumxalq hashari
Har yili Navro‘z bayrami arafasida ayyomni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida hashar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. 16−18 mart kunlari O‘zbekistonda Navro‘z bayrami arafasida an’anaviy Umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi tadbir «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida o‘tkaziladi. Zero, hashar kunlarida odamlar orasida o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar hamda aholi turar joylarini obod qilish va ko‘kalamzorlashtirish, hududlar sanitariya holatini yaxshilash ishlari umumxalq harakati darajasiga ko‘tariladi.
Hasharni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida barcha davlat hamda jamoat tashkilotlari tomonidan puxta hozirlik ko‘rilib, faollik bilan ishtirok etmoqdalar. Hususan, axborot-kutubxona markazi xodimlari ham bugungi hasharni ko‘tarinki kayfiyatda boshlab, tozalash, obodonlashtirish ishlarini olib bordilar. Daraxtlarga ishlov berib butalash ularni oqlash ishlari amalga oshirildi. AKM bog‘i begona o‘tlardan tozalanib ozoda, fayzli xolatga keltirildi va yon atrofi supurib tozalandi. Kutubxona xodimlari obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
Baxromova, N. Muvaffaqiyat sari yo`l : [ko'rik - tanlov] / N. Baxromova // Istiqbol. - 2026. - 2 okt. UO`K : 02
Amirova, J. Kitob - xalqlarni yaqinlashtiruvchi ma`naviy ko`prik : [Qozog`istonlik kitobsevarlar - tumanimizda] / J. Amirova // Istiqbol. - 2026. - 18 sent. UO`K : 02
Axmedova, S. Bo'stonni yashnatuvchi bog'dir kitob : [tuman axborot - kutubxona markazi 55 yoshda] / S. Axmedova // Istiqbol. - 2026. - 11 sent. UO`K : 02
Eshmamatova, M. Tafakkur bo`stonida yangi nur : [yangi kitoblar haqida] / M. Eshmamatova // Istiqbol. - 2026. - 4 sent. UO`K : 02
Ubaydullayeva, N. Kitobxon ona - nurli xonadon : ["Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi] / N. Ubaydullayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02
Mirdadayeva, M. Mehr kutubxonasi : [tuman axborot-kutubxona markazida kitob eltuvchilik xizmati amalga oshirilmoqda] / M. Mirdadayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02