Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
14 июля 2025 г.
KITOB - SENI QATTIQ SEVAMIZ

#videroliklar_tanlovi #fotolavhalar_tanlovi

5️⃣5️⃣5️⃣ 

💚 Kitob - inson tafakkurining bebaho gultoji, qalb olamining go'zal naqshi, jamiyat taraqqiyotining mustahkam asosidir.

🩷 Kitoblar - har bir shaxsni yuksak ma'naviyat va ma'rifatga yetaklovchi beminnat xazina, yo'l ko'rsatuvchidir.

📚 Kitobxon millat - o'z dunyoqarashi va tafakkuriga ega, salohiyatli va qudratli xalqdir.

🌐 Shahrisabz davlat pedagogika instituti va homiylar tomonidan “KITOB - SENI QATTIQ SEVAMIZ” nomli  videoroliklar va fotolavhalar tanlovi e'lon qilinadi!

✅ Tanlovga kitoblarni, kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini faol targ'ib etadigan sifatli, kreativ va ta'sirli videoroliklar (1 soniyadan 1 daqiqagacha) va fotolavhalar (1 tadan 5 tagacha) joriy yilning 25-iyunidan 25-avgustgacha qabul qilinadi. Ijodiy ishlar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib boriladi.

🛫 Ijodiy ishlar joriy yilning 25-avgust kuniga qadar @elzodauktamqizi telegram manziliga topshiriladi.

✅ Tanlovda g'oliblar quyidagicha taqdirlanadilar:

🎁 Har bir yo'nalish bo'yicha ijodiy ishi eng yaxshi deb topilgan  10 nafar ( jami 20 nafar) ijodkor 1 000 000 (bir million) soʻm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.  

📚 Yana 20 nafar ishtirokchi "Izlam" toʻplami bilan ragʻbatlantiriladi.

Bu hali hammasi emas!!!

📚 Shuningdek, 100 nafar rag'batlantiruvchi o'rin sohiblariga taniqli yozuvchi, shoir va jurnalistlar qalamiga mansub kitoblardan 3 nusxadan (o'ziga, tahsil olgan maktabiga va yashaydigan mahalla kutubxonasiga) taqdim etiladi. 

🎉 Barcha g'oliblar Mustaqillik bayrami kunlarida so'lim Shahrisabz shahrida tantanali taqdirlanadilar! 

Kitob ma'rifati bilan yashash saodati barchamizga nasib etsin!

🌐  (https://t.me/kitobxonlik_madaniyatii)Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram (https://t.me/ShDPIuz) | Instagram (https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag) | Facebook (http://facebook.com/shdpi.uz) |You tube (https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag) | shdpi.uz|

2 октября 2026 г.
Muvaffaqiyat sari yo`l

Baxromova, N. Muvaffaqiyat sari yo`l : [ko'rik - tanlov] / N. Baxromova // Istiqbol. - 2026. - 2 okt. UO`K : 02

Batafsil
18 сентября 2026 г.
Kitob - xalqlarni yaqinlashtiruvchi ma`naviy ko`prik

Amirova, J. Kitob - xalqlarni yaqinlashtiruvchi ma`naviy ko`prik : [Qozog`istonlik kitobsevarlar - tumanimizda] / J. Amirova // Istiqbol. - 2026. - 18 sent. UO`K : 02

Batafsil
11 сентября 2026 г.
Bo'stonni yashnatuvchi bog'dir kitob

Axmedova, S. Bo'stonni yashnatuvchi bog'dir kitob : [tuman axborot - kutubxona markazi 55 yoshda] / S. Axmedova // Istiqbol. - 2026. - 11 sent. UO`K : 02

Batafsil
4 сентября 2026 г.
Tafakkur bo`stonida yangi nur

Eshmamatova, M. Tafakkur bo`stonida yangi nur : [yangi kitoblar haqida] / M. Eshmamatova // Istiqbol. - 2026. - 4 sent. UO`K : 02

Batafsil
26 августа 2026 г.
"Kitobxon onalar" kuni

Ubaydullayeva, N. Kitobxon ona - nurli xonadon : ["Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi] / N. Ubaydullayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02

Batafsil
21 августа 2026 г.
Mehr kutubxonasi

Mirdadayeva, M. Mehr kutubxonasi : [tuman axborot-kutubxona markazida kitob eltuvchilik xizmati amalga oshirilmoqda] / M. Mirdadayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02

Batafsil