Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
22 ноября 2021 г.
Kitob - ehtiyoj hosilasi

Bugun qaddimizni iqtisodiy jihatdan dadil tutib oldik. O‘zimizga to‘qmiz. O‘z-o‘zidan ma’naviy ehtiyojni qondirishga zarurat sezayapmiz. Bu ehtiyojni qondirish uchun esa kitobdan samarali vosita yo‘q.
Ammo tezkor, shiddatli davrimizda bizni kitobdan chalg‘ituvchi turli zamonaviy qulaylik va vositalar borki, ochig‘i, ular kattayu kichikni ma’nan dangasa qilib qo‘ymoqda. Bugun nigohlarimiz kitoblarga emas, ko‘proq boshqa ko‘ngilochar, vaqtimizni o‘g‘irlovchi dasturu loyihalarga qaratilayotgani sir emas.
Kitob – madaniyat beshigi. Birgina ulug‘ adibimiz Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini mutolaa qilgan o‘quvchi o‘zbekning turmush tarzi bilan bog‘liq barcha savollariga javob topadi. Oiladagi tarbiya va muhit qanday bo‘lishi lozimligini tushunib yetadi. Xullas, kitoblar va mutolaa aniq bir zarurat va ehtiyoj hosilasi o‘laroq yuzaga kelarkan.
Bugungi tinch-farovon kunlarda davlatimiz rahbarining kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan tashabbusi esa iqtisodiy taraqqiyotimiz, turmush obodligiga hamohang tarzda jamiyatda ma’nan yetuk, komil insonlarni voyaga yetkazishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Ma’lumki, respublikamizda joriy yilning 8-12 noyabr kunlari “Infolib Uzbekistan-2021” X Milliy axborot-kutubxona haftaligi bo‘lib o‘tdi. Ushbu haftalik doirasida tuman Axborot-kutubxona markazida ham bir hafta davomida turli mavzularda keng kitobxonlar ommasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, haftalikning tantanali ochilishi rus yozuvchisi Ivan Turgenev tavalludi kuni munosabati bilan “Ovchining xotiralari” kitobining taqdimoti bilan boshlandi. Haftalik davomida kitobxonlar ishtirokida “Yoshlar tarbiyasida kitob va mutolaaning o‘rni” mavzuida davra suhbati, shoir Davron Rajab va bir qator ijodkorlar ishtirokida ko‘zi ojiz, imkoniyati cheklangan aholi qatlami va kitobxonlar uchun “Kutubxona – ma’rifatli dunyoga ochilgan eshik” mavzuida uchrashuv, “Besh tashabbus – besh kitob” kitobining taqdimoti, haftalik yakunida esa “Eng namunali oila kutubxonasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirlarda aholi faol qatnashib, o‘zlarining nechog‘lik kitobsevar ekanliklarini isbotladilar. Ayniqsa, 42-umumta’lim maktabida ijodkorlar bilan bo‘lgan uchrashuv kechasi tuman aholisi, ko‘zi ojiz kitobxonlarimiz uchun shodiyonaga aylandi. Bir hafta davomida o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etgan 500 nafardan ziyod kitobxon tuman Axborot-kutubxona markaziga a’zo bo‘lib, o‘zlari yoqtirgan kitoblarni o‘qish uchun oldilar.
Surayyo AHMEDOVA, tuman Axborot-kutubxona markazi direktori.
“Istiqbol” gazetasining 2021 yil 19 noyabr 46-sonidan.

2 октября 2026 г.
Muvaffaqiyat sari yo`l

Baxromova, N. Muvaffaqiyat sari yo`l : [ko'rik - tanlov] / N. Baxromova // Istiqbol. - 2026. - 2 okt. UO`K : 02

Batafsil
18 сентября 2026 г.
Kitob - xalqlarni yaqinlashtiruvchi ma`naviy ko`prik

Amirova, J. Kitob - xalqlarni yaqinlashtiruvchi ma`naviy ko`prik : [Qozog`istonlik kitobsevarlar - tumanimizda] / J. Amirova // Istiqbol. - 2026. - 18 sent. UO`K : 02

Batafsil
11 сентября 2026 г.
Bo'stonni yashnatuvchi bog'dir kitob

Axmedova, S. Bo'stonni yashnatuvchi bog'dir kitob : [tuman axborot - kutubxona markazi 55 yoshda] / S. Axmedova // Istiqbol. - 2026. - 11 sent. UO`K : 02

Batafsil
4 сентября 2026 г.
Tafakkur bo`stonida yangi nur

Eshmamatova, M. Tafakkur bo`stonida yangi nur : [yangi kitoblar haqida] / M. Eshmamatova // Istiqbol. - 2026. - 4 sent. UO`K : 02

Batafsil
26 августа 2026 г.
"Kitobxon onalar" kuni

Ubaydullayeva, N. Kitobxon ona - nurli xonadon : ["Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi] / N. Ubaydullayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02

Batafsil
21 августа 2026 г.
Mehr kutubxonasi

Mirdadayeva, M. Mehr kutubxonasi : [tuman axborot-kutubxona markazida kitob eltuvchilik xizmati amalga oshirilmoqda] / M. Mirdadayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02

Batafsil