O'zbekiston xalq shoiri Jabborov Jumaniyoz ( 1930.25.10, Koson tumani ) – O'zbekiston xalq shoiri (1977). O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1980). ToshDU filologiya fakulьtetini tugatgan (1952). “Sharq yulduzi” jurnalida bo'lim mudiri, ma'sul kotib (1953-62), “Gulxan” jurnali bosh muharriri (1962-64), G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida direktor (1981-85), O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarjima kengashining maslahatchisi (1985-90). O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Adabiyot, san'at va me'morchilik sohasida O'zbekiston Davlat mukofotlari qo'mitasida ma'sul kotib (1990 yildan). “Bahor nafasi “ (1956), “Maqsad yo'lida” (1958), “Subhidam xayollari ” (1964), “Sahro sanami” (1967), “Lirika” (1970), “Ilhom daqiqalari” (1971), “Dostonlar” (1974), “E'tiqod” (1978), “Xayolimda o'zing “ (1985), “Ko'nglim go'zali” (1991), va boshqa to'plamlardaga kirgan she'r va dostonlarida yurtga muhabbat, inson qalbi va ma'naviy olamini teranroq aks ettirishga intilish, hayotsevarlik g'oyalari badiiy ifodalangan. “Ajab dunyo – sevgi dunyosi” (1996) to'plamidan 100 dan ortiq g'azallar o'rin olgan. Uning she'rlari falsafiyligi , voqelikka faol munosabat bilan ajralib tursa, g'azallari obrazlarning tiniqligi, o'yinoqiligi bilan o'zina xosdir. “Guljahon va Hasanjon” (1967), “Sahro gullari” (1976), “Tog'dagi uchrashuv” (1986) to'plamlari bolalarga bag'ishlangan. Jabborovning “Gulshan” (1957) dostonida muhabbat va sadoqat mavzui asosiy o'rin tutadi. “Tog'lar sadosi” (1961), “Yo'ldagi o'ylar” (1968) dostonlari yaxshilik bilan yomonlik o'riasidagi azaliy kurash , adabiyot va san'atning inson hayotida tutgan o'rni haqida , “Onaer vo'shig'i” (1962), “20 kun daftari” (1967), “Sohillar hikoyasi” (1974) kabi nasriy asarlari nashr etilgan. “Tallimarjon dostoni” (1976), “Quyosh yurti” (1981) she'riy asarlari mazmunan o'zaro bog'liq bo'lib, Qarshi cho'li manzaralari, ona yurtga muhabbat tuyg'ulari ulug'langan. “O'jarlar” (1973), “Yillar o'tib...” (1977), “To'ydan oldin tomosha” (1979), “Mening oppoq kabutarlarim” (1991) dramatik asarlarida inson erki , baxti, oilaviy turmush muammolari yoritilgan. R. Tagorning “Qurbonlik” dramasini, Hofiz Sheroziy, Ubayd Zokoniy, Bayron, Yu. Lermontov, A. Blok va boshqalarning she'rlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Dramatik asarlari asosan Muqimiy nomidagi o'zbek davlat musiqali drama teatrida va viloyat teatrlarida, shuningdek, tojik, qirg'iz, qozoq teatrlarida ham sahnalashtirilgan. Alisher Navoiy nomidagi Katta akademik teatrda sahnalashtirilgan “Al-Farg'oniy” operasi librettosi (1998) muallifi.
Baxromova, N. Muvaffaqiyat sari yo`l : [ko'rik - tanlov] / N. Baxromova // Istiqbol. - 2026. - 2 okt. UO`K : 02
Amirova, J. Kitob - xalqlarni yaqinlashtiruvchi ma`naviy ko`prik : [Qozog`istonlik kitobsevarlar - tumanimizda] / J. Amirova // Istiqbol. - 2026. - 18 sent. UO`K : 02
Axmedova, S. Bo'stonni yashnatuvchi bog'dir kitob : [tuman axborot - kutubxona markazi 55 yoshda] / S. Axmedova // Istiqbol. - 2026. - 11 sent. UO`K : 02
Eshmamatova, M. Tafakkur bo`stonida yangi nur : [yangi kitoblar haqida] / M. Eshmamatova // Istiqbol. - 2026. - 4 sent. UO`K : 02
Ubaydullayeva, N. Kitobxon ona - nurli xonadon : ["Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi] / N. Ubaydullayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02
Mirdadayeva, M. Mehr kutubxonasi : [tuman axborot-kutubxona markazida kitob eltuvchilik xizmati amalga oshirilmoqda] / M. Mirdadayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02