Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
15 марта 2024 г.
Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro‘z!

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
            Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro‘z!
Yurtimizda ayni kunlarda tabiat uyg‘onib, go‘zal diyorimizga barchamiz orziqib, sog‘inib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Ayniqsa, tinchlik va sog‘liqni ulug‘laydigan, hayotni, yasharish va yangilanishni sharaflaydigan bayram — Navro‘zning bu yilgi qadri o‘zgacha. 
Ha, Navro‘zning butun mohiyatida xalqimizning ezgulikparvar qalbi namoyon bo‘ladi. Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rku ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlamoqda.
Navro‘z qadim va boqiy bayram. Xususan, Navro‘z haqida «Avesto»da shunday bitiklar bor: «Zardo‘shtiylar e’tiqodiga ko‘ra, ko‘klam giyohlari unib, daraxtlar kurtak ota boshlagach, o‘sha atrofdagi qora kuchlar mahf bo‘lgan».
Ta’kidlash joiz, Abu Rayhon Beruniy Navro‘z tarixi borasida Sosoniylar (226-650yy) davlati davridagi ajoyib bayram tantanalaridan rivoyatlar so‘ylaydi. U yilning ayrilishini ilmiy asosda isbotlab bergan olimlardan sanaladi. Alisher Navoiy kun bilan tun tenglashgan (Quyosh taqvimi bilan 21 mart) pallani shunday izohlaydi:
Yuz ochib bildirdi qad birla sochi teng erkanin,
    Zohir o‘lg‘ondek tunu kun tengligi Navro‘zdin.
Umar Xayyom «Navro‘znoma» asarida shunday deydi: «Qachonki, Hamal qoshidan o‘z aylanish davri bo‘ylab yo‘lga chiqqan oftobni osmon yana uyiga qaytarib keltirsa, uning boshqatdan falak sayriga chiqishdan boshlab olamni o‘zgartirib yuboradigan yangi tarix boshlanadi». 
Al-Hakim at-Termiziy esa o‘zining «Navro‘znoma» asarida Navro‘z va Navro‘z bayrami tafsilotlari barobarida uning kelishi haftaning qaysi kunlarida to‘g‘ri kelsa, yilning qanday kechishini, dehqonchilik, savdo-sotiq hamda boshqa sohalarda tabiat va zamonning avzoyini osmon yoritgichlari harakatlari orqali asoslab beradi va kitob haqida: «Toki har kim o‘qisa, taqvimga muhtoj bo‘lmas va harchand (qancha) zamon o‘tsa ham bu nusxa mansux (eski) bo‘lmas» – deydi.
Bugungi kunda Navro‘z o‘zining umuminsoniy g‘oyalari bilan bashariyat hayotidan tobora chuqur o‘rin egallamoqda. Barchangizga ayonki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining qarori bilan 21 mart — butun dunyoda Xalqaro Navro‘z kuni sifatida keng nishonlanmoqda.
Navro‘zni shodiyona qilayotgan xalqimiz bugun «Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!» degan ezgu tilaklarini qayta-qayta bildirmoqda.
Aholi farovonligi, yurtimiz ravnaqi ustuvor maqsad bo‘lgan shiddatli islohotlarimizda ham Navro‘z ruhi bor go‘yo! Bu ezgu o‘zgarishlar ham odamlar hayotiga xush yangiliklar olib kirmoqda.
Fursatdan foydalanib jamoamiz nomidan, aziz yurtdoshlarimizni Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbot etamiz.
Jonajon diyorimiz ulkan to‘yxonaga aylanib, hamisha shodlik, yaratuvchanlik mehnati, bunyodkorlik, xalqning baxtu saodati tantana qilaversin.
Ulug‘ ayyom muborak bo‘lsin!

2 октября 2026 г.
Muvaffaqiyat sari yo`l

Baxromova, N. Muvaffaqiyat sari yo`l : [ko'rik - tanlov] / N. Baxromova // Istiqbol. - 2026. - 2 okt. UO`K : 02

Batafsil
18 сентября 2026 г.
Kitob - xalqlarni yaqinlashtiruvchi ma`naviy ko`prik

Amirova, J. Kitob - xalqlarni yaqinlashtiruvchi ma`naviy ko`prik : [Qozog`istonlik kitobsevarlar - tumanimizda] / J. Amirova // Istiqbol. - 2026. - 18 sent. UO`K : 02

Batafsil
11 сентября 2026 г.
Bo'stonni yashnatuvchi bog'dir kitob

Axmedova, S. Bo'stonni yashnatuvchi bog'dir kitob : [tuman axborot - kutubxona markazi 55 yoshda] / S. Axmedova // Istiqbol. - 2026. - 11 sent. UO`K : 02

Batafsil
4 сентября 2026 г.
Tafakkur bo`stonida yangi nur

Eshmamatova, M. Tafakkur bo`stonida yangi nur : [yangi kitoblar haqida] / M. Eshmamatova // Istiqbol. - 2026. - 4 sent. UO`K : 02

Batafsil
26 августа 2026 г.
"Kitobxon onalar" kuni

Ubaydullayeva, N. Kitobxon ona - nurli xonadon : ["Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi] / N. Ubaydullayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02

Batafsil
21 августа 2026 г.
Mehr kutubxonasi

Mirdadayeva, M. Mehr kutubxonasi : [tuman axborot-kutubxona markazida kitob eltuvchilik xizmati amalga oshirilmoqda] / M. Mirdadayeva // Istiqbol. - 2026. - 21 avg. UO`K : 02

Batafsil