O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14 dekabrdagi 781-sonli qarori bilan “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash” Milliy dasturida belgilangan “Kitobxonlik haftaligi doirasida” Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent viloyai “TURON” axborot-kutubxona markazi va Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Oilamiz bilan kutubxonaga…”, “Kitobxon oila” loyihalari asosida “Maroqli mutolaa” nomli davra suhbati o'tkazildi. Shuningdek Milliy kutubxona tomonidan tashkillashtirilgan kitob karvoni “Bibliobus” tuman markazi va Nazarbek MFY siga tashrif buyurib, yangi chop etilgan sara kitoblarning yarmarkasi o’tkazildi. Tadbirda 3 nafar faol kitobxon oilalar “Kitobsiz yashab bo’lmas”, “Kitob ma’naviyatning qanotidir”, “Kitobning oilamizda tutgan o’rni” mavzularida o’zlarining fikr muloxazalari bilan o’rtoqlashib oilada kitob o'qishga qiziqtirish usullarini aytib o’tdilar, hamda badiiy adabiyotga oid savollarga tezkor javob berdilar. Tadbirda O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboeva ishtirok etib, uchchala oilaga hamda tuman axborot-kutubxona markaziga Milliy kutubxonada chop etilgan sara kitoblardan sovg’a qildi. Shuningdek Toshkent viloyati “TURON” axborot-kutubxona markazidan Muyassar Maxkamova tomonidan ham oilalarga va AKMga kitoblar sovg’a qilindi. Tadbirda 80 nafar kitobxonlar ishtirok etib, o’zlari qiziqgan kitoblardan o’qish uchun oldilar. Kunning ikkinchi yarmida shunday tadbir Nazarbek mahalla fuqarolar yig’inida o’tkazildi. Mahalla idorasiga yig’ilgan yoshlar va aholi hamda kutubxonachilar o’rtasida qiziqarli rebus o’yinlari o’tkazildi. Tadbirda 50 nafar aholi va yoshlar ishtirok etdilar. O’tkazigan davra suhbati va qiziqarli o’yinlar, ayniqsa kitob karvoni “Bibliobus”ning tashrifi Zangiotaliklarda katta taassurot qoldirdi. Davra suhbati ishtirokchilari tadbirdan so’ng kutubxonaga a’zo bo’lib, ko’rgazma uchun olib borilgan kitoblardan o’qish uchun oldilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …