Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
E voh
Ijodiy festival
Bo‘stonliq tumanida Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “UzReport” telekanali va “Turonbank” hamkorligida xalqimizning suyukli farzandi, O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Erkin Vohidovning ijodiga bag‘ishlangan “E voh” an’anaviy ijodiy festivali birincha marotaba tashkil qilindi. Tadbirda shoirning do‘stlari, izdoshlari, muxlislari, yaqinlari, “Erkin Vohidov” nomidagi ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirda shuningdek tumanimiz ma’naviyatchilari jumladan axborot-kutubxona markazi xodimlari ham qatnashdilar.
Buyuk shoirning betakror ijodini xotirlash va keng targ‘ib qilish, shu orqali yoshlarni adabiyotimizga bo‘lgan mehrini oshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning festival qatnashchilariga tabrigi o‘qib eshittirildi.
Davlatimiz rahbarining qutlovida, jumladan,
"men Erkin Vohidovdek serqirra iste’dod egasi, haqiqiy vatanparvar va millatparvar inson bilan zamondosh va maslakdosh bo‘lib yashash nasib etganidan baxtiyorman",
deb ta’kidlangan. Hozirgi kunda yetishib kelayotgan iste’dodli yoshlarimiz buyuk ustozlarning yo‘lini munosib davom ettirayotganiga mamnuniyat bildirilgan.
Shuningdek, Prezidentimiz ushbu adabiy festivalni har yili an’anaviy tarzda o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatlab, festival ishtirokchilari va tashkilotchilariga, uning g‘olib va sovrindorlariga muvaffaqiyatlar tilagan.
#Zangiota_tuman_akm
📅 5-may, 2026-yil
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari , tuman tashkilotlarining bir guruh xodimlari bilan birgalikda yurtimizning bebaho ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
🏛 Mazkur markaz nafaqat ulug‘ ajdodlarimizning ilm-fan, ma’rifat va tamaddun rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etuvchi maskan, balki yosh avlod …
#Zangiota_tuman_akm
📅 4-may, 2026-yil
🏛 Zangiota tumanida “9-may — Xotira va qadrlash kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Zangiota tumani hokimligi, tuman "Nuroniy" jamgʻarmasi, axborot-kutubxona markazi xodimlari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, avlodlar …
#Zangiota_tuman_akm
📅 4-may, 2026-yil
🏛 9-may - Xotira va qadrlash kuni - g‘urur va qayg‘u kunimiz, jang maydonlarida jasorat bilan kurashgan, front ortida sabr-toqat va qat'iyatlilik, mehribonlik hamda rahm-shafqat ko‘rsatgan zamonamizning xaqiqiy qahramonlariga har bir fuqarolarimiz tomonidan cheksiz minnatdorchilik bildirish kunidir. Inson xotirasi – muqaddas, inson qadri – ulug'. Xotira …
#Zangiota_tuman_akm
📅 1-may, 2026-yil
🏛 O‘zbek sheriyati va nasrining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, serbaraka ijodkor, shoir, dostonnavis, hikoyanavis, qissanavis, romannavis, bolalar shoiri, jurnalist, adib Mirmuhsin hamda O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi Iqbol Mirzo tavalludi kunlari munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “Xotira uyg’onsa go’zal” hamda “Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati” nomli kitob …
#Zangiota_tuman_akm
📅 1-may, 2026-yil
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida jurnalist, o’zbek matbuoti vakili Mirmuhsin tavalludining 130 yilligi munosabati bilan “Iqtidori noyob adib” nomli davra suhbati o’tkazildi.
📚 Tadbirda o'zbek xalqi tarixi, madaniyati, san'ati va adabiyoti qadim zamonlardan buyon sermazmun, serjilo va boy tafakkuri bilan boshqa xalqlar ma'naviyatidan ajralib turishi, sho’rolar …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-aprel, 2026-yil
🏛️ Mutolaa inson ma’naviyatini boyituvchi yo‘ldir. 2026-yil 30-aprel kuni tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasining navbatdagi soni o‘tkazildi. Loyiha doirasida mutaxassislar “Nurafshon” mahallasining gavjum ko‘chalari, jamoat transporti bekatlari va bog‘larda bo‘lib, yurtdoshlarimizga kutubxona fondiga yangi kelgan “Dunyo …