Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitob olamiga sayohat
She’riyat kechasi
Bugungi kunda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarni badiiy va ilmiy asarlarni mutolaa qilishga chorlash orqali an’analarimizdan kelib chiqqan holda, madaniyatimiz va ma’naviyatimizni yuksaltirib borish har birimizning burchimiz deb bilamiz. Zero adabiyot, ayniqsa badiiy asar avvalo insonga tarbiya vositasi sifatida ta’sir etadi, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi.
Ta’kidlash joizki, odamlar bir-biri bilan muloqot qilishi uchun jamoat kutubxonalaridanda yaxshiroq joy yo‘q. Aslida ham shunday. Endilikda erishishimiz lozim bo‘lgan narsa, kutubxonalar aholining barcha qatlami uchun birdek mashhur joy bo‘lishi kerak. Ma’lumotlilar, ma’lumotli bo‘lish istagida yurganlar, ishsizlar, o‘quvchilar, yoshlar va katta yoshlilar, mahalliy aholi va mehmonlar — tom ma’noda har kim kutubxonalarning barcha imkoniyatlaridan foydalana olishi kerak.
Ushbu ezgu ishlarni amalga oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Kitob olamiga sayohat” mavzusida tumandagi 36-38- umumta’lim maktablarining 7-8-9-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, kitob fondida saqlanayotgan kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxonaga sayohatlar o‘tkazilmoqda. Ular tadbir davomida nafaqat kitoblar bilan tanishmoqdalar, o‘zlari sevib o‘qigan asarlari, undagi o‘zlariga ideal deb topgan qaxramonlari haqida suxbatlashib, fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar. O‘quvchilarning intelektual bilimlarini sinab ko‘rish uchun rebus o‘yinlari o‘tkazilib, bo‘sh vaqtlarida o‘qishlari uchun kitoblar tavsiya qilinmoqda. O‘z navbatida ishtirokchilar ham she’riyatga bo‘lgan muhabbatlarini monolog va she’rlarda ifoda etmoqdalar. Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun kutubxonaga ekskursiya o’tkazildi.
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitobxon onalar, kitobxon qizlar
Ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir
Kitob-umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Ona tilim-jonu tilim
Adabiy-badiiy kecha
Bolalik—hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to‘la lahzalardir. Go‘daklarning bahor tongi misol beg‘ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Bugun axborot-kutubxona markazida bolajonlar qalbida kitob o`qishga mehr uyg`otish, kitobxonlikka targ`ib qilish hamda 21-oktabr O‘zbek …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Ulug’ insonlar doimo barhayot
Kitob ko’rgazmasi
O’zbek adabiyotining ikki atoqli namoyondalari oʻzbek yozuvchisi, tarjimon Mirzakalon Ismoiliy hamda O’zbekiston xalq yozuvchisi, iste’dodli adib Hakim Nazir tavalludi kunlari munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “Ulug’ insonlar doimo barhayot” rukni ostida kitob ko’rgazmasi tashkil etilib keng kitobxonlar ommasi e’tiboriga havola etildi. …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Birgalikda kitob o’qiymiz
Kitobxonlik soati
Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
Bolajonlar qalbida kitobga mehr uyg’otish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida axborot- kutubxona markazi xodimlari 4-maktabgacha ta’lim tashkilotiga …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitobsevar millat
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz
Kitoblar bilan yaqindan tanishgan sayin inson ko’p narsalarga o'zgacha nigoh bilan nazar solishni boshlaydi. Kitob doimo insonlar uchun yaqin do'st , hamroh, dono maslahatchi bo`lib kelgan . Ba'zi kitoblarni mutolaa qilganda inson o`zi uchun hayotni yangidan kashf etishi ham mumkin . …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Mehr kutubxonasi
Kitob eltuvchilik xizmati
Kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo’lgan, nafaqadagi kitobxonlarga ko’rsatiladigan kutubxona xizmati sifatini yaxshilash, ularni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va ma’naviy ko’mak berish maqsadida “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida kitob eltuvchilik xizmati …