Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Mangu xilpirayver, yurtim bayrog’i
Kitob ko'rgazmasi
Davlat ramzlari mamlakat istiqlolining asosiy nishonalaridan hisoblanadi. Har bir davlat mustaqilligining asosiy ramzlaridan biri, shubhasiz bayroq hisoblanadi. Bayroq xalqning shonli o‘tmishini, buyuk tarixini o‘zida aks ettiruvchi, vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni yuksaltiruvchi davlat ramzlari qatoriga kiradi. Bayroq azaldan vatan ozodligi, millat birligi va hamjihatligi ramzi bo‘lib kelgan. Mustaqil O‘zbekiston o‘z istiqlolini qo‘lga kiritgach, 1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i” to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. Shu kun munosabati bilan “Mangu xilpirayver, yurtim bayrog’i” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, kitobxonlar e’tiboriga havola etildi. Ko’rgazmadan joy olgan O’.Ochilovning “Davlat va huquq ramzlari” kitobining targ’iboti olib borildi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 1-iyun, 2026-yil
🏛 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Zangiota tumanida “Baxtli bolalik” shiori ostida “Bolalik mamlakatining baxtli bolasi” nomli bayram tadbiri o’tkazildi.
📚Bolajonlar tomonidan Vatan, tinchlik, baxtli bolalikni tarannum etuvchi she’rlar yod olindi, qo’shiqlar ijro etildi. Tadbir doirasida axborot-kutubxona markazi tomonidan sayyor kutubxona va …
#Zangiota_tuman_akm
📅 26-may, 2026-yil
📚 Bugungi shiddatliy zamonda vaqt - eng oliy qadriyat. Shu bois, aholi orasida, ayniqsa yoshlar o'rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida "Yo'l - yo'lakay kitob o'qiymiz" loyihasi doirasida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.
📚Mutaxassislar tomonidan yo'lovchilarga qiziqarli adabiyotlar haqida ma'lumotlar berilmoqda.
📚 Mutolaaning inson ruhiyati va intellektual salohiyatiga …
#soʻnggi_qoʻngʻiroq
“YUKSAK MA’RIFATLI AVLOD — UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI”
Zangiota tumanida 2025–2026 o‘quv yilining yakunlanishi munosabati bilan barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Bayram tadbirlarida bitiruvchi yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
🔔 Xususan, tumandagi 39 ta umumta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” …
#Zangiota_tuman_akm
📅 25-may, 2026-yil
🏛 Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan aholining, ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish maqsadida “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida targ’ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.
📚Bugun " Farobiy " MFY da Akmal Tosh ning "Xavotir" , Alber Kamyu "Begona vabo", Ravshan Abdulla o`g`lining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 22-may, 2026-yil
👤 Artur Konan Doyl jahonga mashhur shotlandiyalik yozuvchi bo‘lib, detektiv janrining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan adiblardan biridir. Uning “Sherlok Xolms” haqidagi asarlari bugungi kunda ham kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi.
📚 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida mashhur adib tavalludi kuniga bag’ishlab "Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati" …
#Zangiota_tuman_akm
📅 22-may, 2026-yil
🏛 Bugun tumanimizda “Oila-qadriyatlar beshigi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.Tadbirda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash,keksalarga hurmat va ehtirom ko’rsatish.yoshlarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash haqida fikir mulohazalar yuritildi.Tumanimizdagi 4 nafar ibratli oila sohib va sohibalari“Qo’sha qarish saodati”mavzusida yoshlarga nasihatlar qilib , zarur tavsiyalarni berdilar.
📚Axbarot-kutubxona markazi tomonidan mavzu …