Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
11 июня 2026 г.
Rahbar va yoshlar uchrashuvi!

#Zangiota_tuman_akm

📅 10-iyun, 2026-yil

Rahbar va yoshlar uchrashuvi!
 

🇺🇿 Davlatimiz rahbarining “Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz va azmu shijoatingizga suyanamiz”, dеgan ezgu so‘zlari bugungi kunda amalda o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Bu so‘zlar har bir yoshga katta ishonch va mas’uliyat yuklaydi.
Yoshlar yurt kelajagi, ertamiz egalari. Shu bois ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, maqsad va orzulariga yetishishida madadkor bo‘lish kattalarning asosiy vazifasi sanaladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2026-yil 3-iyundagi 10-1357-son ko’rsatmasi, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida yoshlarda shukronalik va vatanparvarlik tuyg’usini yuksaltirish, ularni qiynab kelayotgan muammolarini aniqlash va hal qilish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi. Tadbirda AKM direktori S.Axmedova va jamoaning yosh mutaxassislari o’rtasida “Mening hayotdagi idealim, muammolarim va istiqboldagi rejalarim” mavzusida dildan suhbat o’tkazildi. Uchrashuv davomida yoshlar qay tarzda kutubxonachilik kasbini tanlaganliklari, bugungi kunda ularni qiynayotgan muammolar va kelajakdagi rejalari bilan shaffoflik bilan o’rtoqlashdilar. O’z navbatida AKM direktori S.Axmedova kutubxonachilik kasbining nozik jihatlari, hayotda uchraydigan muammolarni yengib o’tish, kelajakdagi orzi-maqsadlarga yetish yo’llarini samimiy suhbat tarzida yetkazdi. Bugungi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi savol-javoblarga boy, qiziqarli, yodda qolarli tarzda bo’lib o’tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil