Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Siz kelmasangiz biz boramiz
Kitob targ’iboti
Kitob insoniyat ongli hayoti va ma`naviyat olamining bosh timsollaridan sanaladi. U – bepoyon olam: bag`rikeng, osmoni balanddir. Kitob bilim manbai, insoniyat to`plagan hikmatlar xazinasi, ijtimoiy ong mahsulidir. Bugun vatanimiz jadal rivojlanayotgan bir davrda ajdodlarimiz, donolar fikrida o`z aksini topgan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga bo`lgan e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan “Siz kelmasangiz biz boramiz” loyihasi doirasida kitob targ’iboti ishlari olib borilmoqda. Bugun “Iqbol” mahallasida shunday tadbir o’tkazilib, yoshlar bilan qanday kitob o’qishni xoxlayotganliklari, kitob o’qishning foydali tomonlari haqida suhbatlashib, axborot-kutubxona markaziga yangi kelgan kitoblarning targ’iboti olib borildi. V.Franklning “Hayotga ha de”, J.Dronfildning “Otasining ortidan Osvensimga ketgan bola”, O.To’xtashning “Shalola”, “Bolalikning qo’lidan tutib” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi.
Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz
Kitob targ’iboti
19-dekabr kuni axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ib qilish maqsadida mutaxassislar tomonidan “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida kitob targ’iboti ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida tuman aholisining kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishlari, qanday kitoblar o’qishni istashlari qisqa savol-javoblar orqali o’rganildi. Maktab yoshidagi kitobxonlarga …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi
Jadidlar –Millat qahramonlari
Tarbiyaviy soat
O’tgan asrning boshlarida millatning yorqin ziyolilari yetishib chiqdiki, ular tarixga “Jadidlar” nomi bilan kirdilar. Ularning hayotini yoshlarga ibrat qilib ko’rsatish, yozgan asarlarini targ’ib qilish maqsadida 18-dekabr kuni tumandagi 14-maktabda “Kitob-qalb quyoshi” faol kitobxonlar klubi a’zolari bilan hamkorlikda “Jadidlar –Millat qahramonlari” nomli …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi
Kitobxon onalar kuni
Kitobxon ona –yurt kelajagi
Davra suhbati
An’anaga muvofiq har oyining 17 sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror topishi, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash, kitobxonlik madaniyatini …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi
Adabiyotimiz darg’alari
Kitob ko’rgazmasi
Muhammadrizo Erniyozbek o’g’li Ogahiy nafaqat Sharq mumtoz so’z san’ati, balki jahon adabiyoti xazinasiga o’z she’rlari, tarixiy asarlari va tarjima kitoblari bilan munosib hissa qo’shgan zabardast shoirlardan hisoblanadi. Joriy yilning 17-dekabr kuni Ogahiy tavalludi kuni munosabati bilan “Adabiyotimiz darg’alari” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi
Xotira uyg’onsa go’zal
Kitob ko’rgazmasi
Oʻzbek bolalar yozuvchisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboevning asarlarini sevib o’qimagan, sehrli qalpoqcha bilan birga g’oyibona sayr qilmagan bola bo’lmasa kerak. X.To’xtaboyev o‘zining yumoristik roman, qissalarida yoshlarning to‘g‘rilik, insonlarga bo‘lgan mehru muhabbat, sadoqat kabi olijanob …
Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi
Jadid bobolarimiz
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Bugun tumandagi 14- umumiy oʻrta ta’lim maktabida jadid adabiyoti namoyandalari ijodi bilan yaqindan tanishish, jadid ma’rifatchilarining hayoti, ularning millat ravnaqi, ilm-fan va ta’lim taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berish maqsadida “Jadid bobolarimiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Unda …