Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
3 июля 2023 г.
“Gerbim-davlat nishoni,ramzi timsolidir”

#zangiota_AKM
#gerbim_davlat_nishoni_ramzi_timsolidir
Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. U oliy saodat — Istiqlolimiz ramzi, oʻzini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru iftixor manbaidir. Shunday ekan, oʻzini mana shu jannatmakon yurt va tabarruk zamin farzandi deb bilgan har bir inson davlat ramzlarimizni Vatanimiz kabi aziz va muqaddas deb bilishi, eʼzozlashi kerak.  2-iyul-O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan joriy yilning 3-iyul kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Gerbim-davlat nishoni,ramzi timsolidir” rukni ostida kitob ko’rgazmasi ochilib, keng kitobxonlar ommasiga havola etildi hamda  A.Saidovning “Konstitusiya va davlat ramzlari” kitobining targ’iboti olib borildi.

19 декабря 2025 г.
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz

Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi

Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz

Kitob targ’iboti

19-dekabr kuni axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ib qilish maqsadida  mutaxassislar tomonidan “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida kitob targ’iboti ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida tuman aholisining kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishlari, qanday kitoblar o’qishni istashlari  qisqa savol-javoblar orqali o’rganildi.  Maktab yoshidagi kitobxonlarga …

Batafsil
18 декабря 2025 г.
Jadidlar –Millat qahramonlari

Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi

Jadidlar –Millat qahramonlari

Tarbiyaviy soat

O’tgan asrning boshlarida millatning yorqin ziyolilari yetishib chiqdiki, ular tarixga “Jadidlar” nomi bilan kirdilar. Ularning hayotini yoshlarga ibrat qilib ko’rsatish, yozgan asarlarini targ’ib qilish maqsadida 18-dekabr kuni  tumandagi 14-maktabda  “Kitob-qalb quyoshi” faol kitobxonlar klubi a’zolari bilan hamkorlikda “Jadidlar –Millat qahramonlari” nomli …

Batafsil
17 декабря 2025 г.
Kitobxon ona –yurt kelajagi

Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi

Kitobxon onalar kuni

Kitobxon ona –yurt kelajagi

Davra suhbati

An’anaga muvofiq har oyining 17 sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror topishi, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash, kitobxonlik madaniyatini …

Batafsil
17 декабря 2025 г.
Adabiyotimiz darg’alari

Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi

Adabiyotimiz darg’alari

Kitob ko’rgazmasi

Muhammadrizo Erniyozbek o’g’li Ogahiy nafaqat Sharq mumtoz so’z san’ati, balki jahon adabiyoti xazinasiga o’z she’rlari, tarixiy asarlari va tarjima kitoblari bilan munosib hissa qo’shgan zabardast shoirlardan hisoblanadi.  Joriy yilning 17-dekabr kuni Ogahiy tavalludi kuni munosabati bilan “Adabiyotimiz darg’alari” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil …

Batafsil
17 декабря 2025 г.
Xotira uyg’onsa go’zal

Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi

Xotira uyg’onsa go’zal

Kitob ko’rgazmasi

Oʻzbek bolalar yozuvchisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi  Xudoyberdi To‘xtaboevning asarlarini sevib o’qimagan, sehrli qalpoqcha bilan birga g’oyibona sayr qilmagan bola bo’lmasa kerak.  X.To’xtaboyev o‘zining yumoristik roman, qissalarida yoshlarning to‘g‘rilik, insonlarga bo‘lgan mehru muhabbat, sadoqat kabi olijanob …

Batafsil
16 декабря 2025 г.
Jadid bobolarimiz

Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi

Jadid bobolarimiz

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir

       Bugun tumandagi 14- umumiy oʻrta ta’lim maktabida jadid adabiyoti namoyandalari  ijodi bilan yaqindan tanishish,  jadid ma’rifatchilarining hayoti, ularning millat ravnaqi, ilm-fan va ta’lim taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berish maqsadida “Jadid bobolarimiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Unda …

Batafsil