Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitobxonlik haftaligi
Yangi O‘zbekiston –kitobxonlar yurti
Kitobxonlik soati
“Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda”. Ana shu fikrlarining tasdig‘i sifatida mamlakatimizda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni takomillashtirish, rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish ishlari izchil yuksalmoqda. 22-26 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab “Kitobsevar millat” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan “Kitobxonlik haftaligi” ham yuqoridagi fikrlarning yaqqol namunalaridan biridir.
Bugun “Kitobxonlik haftaligi”ning uchinchi kunida 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida axborot-kutubxona markazi tomonidan “Yangi O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” mavzusida kitobxonlik soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yosh avlodning bilim olishi, xalqimizning boy ma’naviy merosini tiklash, buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodini o‘rganish, o‘zbek adabiyotining yetuk namunalarini asrab-avaylash va kelajak avlodga bust-butun yetkazish, oilaviy kitobxonlik an’analarini targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini va yoshlarni milliy adabiyotga, ona vatanga yuksak muhabbat ruhida tarbiyalash haqida fikr mulohazalar bildirildi. Tadbir so‘nggida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sovrinli viktorina o‘tkazildi.
Shuningdek, haftalik doirasida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi parallel tadbiri o‘tkazildi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 2-iyul, 2026-yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. …
#Zangiota_tuman_akm
📅 2-iyul, 2026-yil
“Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni”
“Vatan ravnaqi-mutolaa bilan”
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida reja asosida "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni munosabati bilan ochiq osmon ostida “Vatan ravnaqi-mutolaa bilan” nomli uchrashuv kechasi o’tkazildi.
📚 Unga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati Targ‘ibotchilar jamiyati …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-iyun, 2026-yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida "Nurafshon" mahallasida “Ma’rifatli avlod-mustahkam vatan!” nomli maʼnaviy- maʼrifiy …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-iyun, 2026-yil
Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!
👥 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Quvnoq” nomli sog’lomlashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 29-iyun, 2026-yil
“Yoshlar bilan porloq kelajak sari”
🏛 30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga …
#Zangiota_tuman_akm
📅 29-iyun, 2026-yil
🗞 1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik …