Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Adabiyotimiz darg’alari
Kitobxonlik kuni
Bugun bahorning ilk kunida adabiyotimiz darg’alari bo’lgan O’zbekiston qahramoni, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov, sevgi, vafo, sadoqat timsoli va kuychisi bo’lgan O’zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim va davlat arbobi, O’zbekisron xalq yozuvchisi Muhammad Alilarning tavallud kunlari Respublikamiz miqyosida keng nishonlanmoqda. Tuman oila va xotin-qizlar bo’limi, axborot-kutubxona markazi, RMM tuman bo’linmasi, 13-umumiy o’rta ta’lim maktabi hamkorligidagi “Ijodni anglash baxti” deb nomlangan kitobxonlik kuni o’tkazildi. Tadbirda axborot-kutubxona markazi tomonidan bu adiblarning sara asarlaridan tashkil topgan “Adabiyotimiz darg’alari” rukni ostidagi kitob ko’rgazmasi yig’ilganlar e’tiboriga havola qilindi hamda O. Sharafiddinovning “Tanlangan asarlar” to’plami, Zulfiyaning “Shabboda”, Muhammad Alining “Ulug’ saltanat” nomli kitobi o’qish uchun tavsiya etildi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 2-iyul, 2026-yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. …
#Zangiota_tuman_akm
📅 2-iyul, 2026-yil
“Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni”
“Vatan ravnaqi-mutolaa bilan”
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida reja asosida "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni munosabati bilan ochiq osmon ostida “Vatan ravnaqi-mutolaa bilan” nomli uchrashuv kechasi o’tkazildi.
📚 Unga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati Targ‘ibotchilar jamiyati …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-iyun, 2026-yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida "Nurafshon" mahallasida “Ma’rifatli avlod-mustahkam vatan!” nomli maʼnaviy- maʼrifiy …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-iyun, 2026-yil
Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!
👥 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Quvnoq” nomli sog’lomlashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 29-iyun, 2026-yil
“Yoshlar bilan porloq kelajak sari”
🏛 30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga …
#Zangiota_tuman_akm
📅 29-iyun, 2026-yil
🗞 1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik …