Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
8 июня 2026 г.
“Kim topqir-kim chaqqon?”

#Zangiota_tuman_akm

📅 08-iyun, 2026-yil

Yoz o’tmoqda soz!
 

☀️ Yoz — bolalikning eng shirin xotiralari bitiladigan, orzular qanot yozadigan, bilim va iste’dod yangi qirralarini namoyon etadigan fasl. Bu yil ham mamlakatimizda maktab o’quvchilarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, ularning intellektual va ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida maktablar qoshida sog'lomlashtirish maydonchalari faoliyat yuritmoqda.

🏛“Ta’tilda birgalikda kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 32-maktab qoshida tashkil etilgan “Qaldirg’och” nomli sog’limlashtirish maydonchasida dam olayotgan o‘quvchilar bilan “Kim topqir-kim chaqqon?” nomli tadbir o’tkazdilar.  

📚Qatnashchilarga  qiziqarli topishmoqlar va tezkor savollar berildi. Bolajonlar savollarga tez va to’g’ri javob topishga harakat qildilar.  Bu kabi tadbirlar bolalarni tez fikrlash, nutqini o’stirish, o’ylab javob berish kabi qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beradi. Ko’rgazma uchun olib borilgan kitoblarning targ’iboti olib borildi hamda “Ertakli 365 kun”, “Aql va boylik”, “Jonivorlar ensiklopediyasi” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi.

👥 Tadbirda  28 nafar o’quvchi-yoshlar qatnashdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram

17 сентября 2026 г.
"Onadan boshlanar kitob muhabbati"

#Zangiota_tuman_akm

📆 17-sentabr, 2026-yil
 

📚 An’anaga muvofiq har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror topishi, xususan, xalqimiz, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash kitobxonlik madaniyatini …

Batafsil
16 сентября 2026 г.
“Allomaning boqiy timsoli”

#Zangiota_tuman_akm

📆 16-sentabr, 2026-yil
 

📚 Respublikamizda yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning bilimini, ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludi kuni munosabati bilan “Allomaning boqiy timsoli” …

Batafsil
15 сентября 2026 г.
“Mening huquqlarim va burchlarim”

#Zangiota_tuman_akm

📆 15-sentabr, 2026-yil
 

📚 O’sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy madaniyati va savodxonligini shakllantirish maqsadida tumandagi 40-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Mening huquqlarim va burchlarim” mavzusida kitobxonlik soati o’tkazildi. Oquvchilarga bolalarning asosiy huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berilib, qiziqarli savol-javob o’yini o’tkazildi. Bolalar uchun nashr etilgan “Huquq va men” …

Batafsil
12 сентября 2026 г.
КИТОБ БАРЧА БУНЁДКОРЛИК, ЯРАТУВЧИЛИК, АҚЛ-ИДРОК, ИЛМУ ДОНИШНИНГ АСОСИ, ҲАЁТНИ ЎРГАТУВЧИ МУРАББИЙДИР

#Туман_Ахборот_кутубхона_маркази_55_ёшда

КИТОБ БАРЧА БУНЁДКОРЛИК, ЯРАТУВЧИЛИК, АҚЛ-ИДРОК, ИЛМУ ДОНИШНИНГ АСОСИ, ҲАЁТНИ ЎРГАТУВЧИ МУРАББИЙДИР

Туман Ахборот-кутубхона маркази (авваллари турли номлар билан юритилган) ўзининг шонли 55 йиллигини нишонламоқда. Бу давр ичида бу ерда кўплаб фидойи кутубхоначилар одамларга зиё улашишди.   Шу ўринда  кутубхона ташкил этилгандан буён уни бошқарган Раъно Воҳидова,  Абдураҳмон Асилов (1975-1980 …

Batafsil
11 сентября 2026 г.
“Kitobxon millat — buyuk kelajak”

#Zangiota_tuman_akm

📆 11-sentabr, 2026-yil
 

📚 Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlariga ko’maklashish hamda axborot-kutubxona markazi fondidagi eng sara adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Kitobxon millat — …

Batafsil
10 сентября 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 10-sentabr, 2026-yil
 

📚 Mustaqilligimizning 35 yillik to’yi oldidan axborot-kutubxona markazi  fondi o’zbek, rus va ingliz tillaridagi turli yosh toifasidagi kitobxonlarning qiziqishlari, bilim darajasi hamda ehtiyojlarini atroflicha hisobga olgan holda 1190 nushadagi yangi nashrlar bilan boyitildi. Ushbu kitoblarning targ’ibotini olib borish maqsadida “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi “Navro’z” mahallasi …

Batafsil