Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
5 июня 2025 г.
Tabiatni asrashda mening hissam

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Tabiatni asrashda mening hissam
Ekologik tarbiyaviy soat
Har yili 5-iyun  butun dunyo bo‘ylab “Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni”  sifatida  keng nishonlanadi. Bu kun bizni ona tabiatni asrash, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish va kelajak avlodlar uchun sog‘lom ekologik muhit qoldirish haqida chuqur o‘ylashga undaydi.  Tumandagi 19 - maktab qoshida     loyihasi doirasida tashkil etilgan “Quyoshcha” nomli sog’lomlashtirish maydonchasida  hordiq chiqarayotgan yoshlar bilan 2025-yil “Tabiatni asrash va “Yashil” iqtisodiyot yili” hamda ushbu  kun  munosabati bilan “Tabiatni asrashda mening hissam” mavzusida ekologik tarbiyaviy soat  o’tkazildi.  Tabiat – bu bizning uyimiz,  uni asrash esa faqat ekologlar yoki olimlarning emas, balki har bir insonning vazifasi ekanligi,  daraxt ekish, suvni tejash, chiqindilarni saralab tashlash kabi oddiy amallar bilan ham biz tabiatni himoya qilishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkinligi haqida so’z yuritilib, qiziqarli musobaqa o’tkazildi. Ushbu tadbirda axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etib,  bolalar uchun nashr etilgan ekologiya, tabiat, hayvonot dunyosi va suv resurslari haqida yozilgan kitoblarning targ’ibotini  olib bordilar.Sod’lomlashtirish maydonchasida ko’chma kutubxona tashkil qilib,   “Mening birinchi ensiklopediyam” ruknida nashr etilgan “O’simliklar olamiga sayohat”, “Kapaliklar olamiga sayohat” A.Akbarning “Oq qovunning bolasi” kitoblarini  o’qish uchun tavsiya qildilar.  Tadbirda 26 nafar o’quvchi – yoshlar ishtirok etdilar.

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil