Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Kitobga burkangan yoz
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Bugun axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Dolzarb 90-kun" loyihasi doirasida 32-maktab qoshida faoliyat olib borayotgan “Qaldirg’och” nomli oromgohda "Kitobga burkangan yoz" nomli navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbir bolajonlar uchun nafaqat bilim manbai, balki iliq tuyg‘ular va ilhom manbai bo‘ldi.Tadbir davomida bolalarga kitob o‘qishning ahamiyati, kitob orqali erishiladigan yutuqlar, buyuk allomalarimizning ilm va ma’rifatga bo‘lgan munosabati haqida so‘z yuritildi. Yosh kitobxonlar o‘z sevimli asarlari haqida fikr almashdilar, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari haqida bilimlarini namoyon etdilar.Savol-javoblar, topishmoqlar, she’rxonlik va kichik o‘yinlar orqali bolalar kitobxonlikka chorlandi. Tadbir so’ngida mutaxassislar tomonidan T.Malikning. “Alvido bolalik”, Pyer Kyulliforning “Smurflar”, Fayzi Shohismoilning “Buvim ertak aytganda”nomli kitoblarining targ’iboti olib borilib , o’quvchi –yoshlarga o’qish uchun tavsiya qilindi. Bu tadbir yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.Tadbirda 26 nafar o'quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …