#Zangiota_tuman_akm
📅 14-aprel, 2026-yil
🏛️ Zakovat — bu aql va mantiqni sinovdan o‘tkazadigan, kuchli raqobatni talab qiluvchi intellektual o‘yin bo‘lib, uning asosiy maqsadi ishtirokchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Zakovat intellektual o‘yini zamonaviy hayotda juda muhim ahamiyatga ega. U nafaqat bilimlarni kengaytiradi, balki fikrlash va mantiqiy qobiliyatlarni rivojlantiradi. Ushbu o‘yin orqali yoshlar o‘zlarini sinab ko‘rishlari, yangi do‘stlar orttirishlari va birgalikda vaqt o‘tkazishlari mumkin.
“Kitobxonlik haftaligi”ning ikkinchi kunida axborot-kutubxona markazida “Zakovat ila aqlingni charxla” shiori ostida “Agar yolg‘iz ersang, hamdam kitobdir,
bilim subhidagi nur ham kitobdir” nomli zakovat o‘yini o’tkazildi.
📚 Unda Samarqand veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish instituti Toshkent filfiali talabalaridan tashkil topgan uchta jamoa a’zolari o’zaro bellashdilar. Bellashuv qizg’in savol-javoblar, muhokamalarga boy, shaffof tarzida bo’lib o’tdi. Berilgan savollarga tez va aniq javob bergan “Kitobxonlar” jamoasi tengdoshlarini ortda qoldirib g’oliblikni qo’lga kiritdilar hamda kutubxona ma’muriyati tomonidan erdalik sovg’alari va kitoblar bilan taqdirlandilar. Tadbir so’ngida talabalar tashkil etilgan kitob ko’rgazmalari va kitob yarmarkasi bilan tanishdilar hamda kutubxona bo’ylab ekskursiya qildilar.
👥 Tadbirda 72 nafar talaba-yoshlar va faol kitobxonlar ishtirok etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …