Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Kitobxon onalar kuni
Aql-kitobdan quvvat oladi
Davra suhbati
Har oyning 17-sanasida an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “Kitobxon onalar kuni”ning navbatdagi tadbiri “Mutolaa oiladan boshlanadi” shiori ostida “Aql-kitobdan quvvat oladi” nomli davra suhbati tarzida bo’lib o’tdi. Tadbir Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi kotibiyati, oila va xotin-qizlar bo’limi , “Istiqbol” gazetasi, madaniyat bo’limi bilan hamkorlikda o’tkazildi.
Tadbirda kitob — bilim manbai, xazinalar kaliti, insonni kamolotga eltuvchi yo‘l ekanligi, oilada kitobning o‘rni haqida so‘z yuritildi. Qush uyasida ko‘rganini qiladi, deya bejiz aytishmagan. Oila muhitining farzand tarbiyasidagi o‘rni va roli katta. Ona yoki ota nima bilan band bo‘lsa, bola ham ayni ulardek bo‘lishga intiladi. Shunday ekan, kattalar munosib ibrat bo‘lishga intilishlari lozimligi ta’kidlandi. Yoshi ulug’ onaxonlar o’zlari yoshliklarida uy yumushlari, farzand tarbiyasi, qaynona-qaynota xizmatlari bilan birga kitob o’qishga vaqtlari bo’lmaganligi, lekin xohish bo’lsa imkoniyat topilishi, beshikda bolani oziqlantirayotgan paytda kitob o’qiganlari haqida gapirib berdilar. Kitobga muhabbat ona suti orqali o’tib, shu farzandlar ham kelajakda o’qimishli, kitob o’qishni yaxshi ko’radigan insonlar bo’lib katta bo’lishgani haqida to’xtaldilar.
Kutubxonamizning faol kitobxonlar klubi a’zosi Baxtiyorova Dilnura 5-sinf o’quvchisi bo’lishiga qaramay munchoqlardan turli xil buyumlar yasash bilan shug’ullanib kelyotganligi, bu hunarni o’rganishida kutubxonamizdan olgan “Изумительные сумочки своими руками” nomli kitob katta yordam berganligi haqida gapirib berdi. O’z qo’l ishlari, yasagan buyumlarini tadbir qatnashchilariga namoyish qildi.
Tadbir jonli, savol-javoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi. Ayniqsa madaniyat bo’limi xonandasi Jahongir Mirzayev tomonidan ijro etilgan jonli qo’shiqlar tadbirga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi. Unda faol qatnashgan kitobxonlarga kutubxona ma’muriyati tomonidan badiiy kitoblar sovg’a qilindi. Kutubxona bo’ylab ekskursiya tashkil qilindi. Tadbir qatnashchilari o’zlari, farzand va nabiralariga o’qish uchun kitoblar oldilar. Ushbu tadbirda kanvoyi onaxonlar bilan birga yosh uy bekalari o’zlarining farzandlari bilan ishtirok etdilar. Ularning jajji bolajonlari ilk marotaba kutubxonaga qadam qo’yib, ertak kitoblarini qiziqish bilan tomosha qildilar. Tadbirda 55 nafar turli yoshdagi ayollar ishtirok etdilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …