Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitob o‘qi – dunyo seniki
Suhbat
Millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarining sababi ham kitob mutolaasidir. Kitob tuganmas hazina, insonning yaqin hamrohi va maslahatchisidir. Bugungi kunda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarni badiiy va ilmiy asarlarni mutolaa qilishga chorlash orqali an’analarimizdan kelib chiqqan holda, madaniyatimiz va ma’naviyatimizni yuksaltirib borish har birimizning burchimiz deb bilamiz. Zero adabiyot, ayniqsa badiiy asar avvalo insonga tarbiya vositasi sifatida ta’sir etadi, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi.
Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan bugungi yoshlarimiz ham kitobga bo‘lgan mehr va muhabbatlarini dillariga jo qilgan kitobxonlardir. Ular bilan “Kitob o‘qi – dunyo seniki” nomli suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida bolajonlar badiiy va sohaviy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar bilan tanishdilar, mutaxassislar tomonidan adabiyot olamidagi yangiliklar, kitoblar, yozuvchi va shoirlar, adabiy janrlardagi afzalliklar haqida qiziqarli suhbat qurdilar hamda ularga yoshlariga mos bo‘lgan adabiyotlar o‘qish uchun tavsiya qilindi. Ishtirokchilar kutubxona xodimlari bilan xayrlashib, kitob va adabiyot haqidagi suhbatni davom ettirish uchun tez-tez ko‘rishib turishga kelishib olishdi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 2-iyul, 2026-yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. …
#Zangiota_tuman_akm
📅 2-iyul, 2026-yil
“Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni”
“Vatan ravnaqi-mutolaa bilan”
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida reja asosida "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni munosabati bilan ochiq osmon ostida “Vatan ravnaqi-mutolaa bilan” nomli uchrashuv kechasi o’tkazildi.
📚 Unga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati Targ‘ibotchilar jamiyati …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-iyun, 2026-yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
🏛 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida "Nurafshon" mahallasida “Ma’rifatli avlod-mustahkam vatan!” nomli maʼnaviy- maʼrifiy …
#Zangiota_tuman_akm
📅 30-iyun, 2026-yil
Yozgi ta’til kunlari davom etmoqda!
👥 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida, axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan “Quvnoq” nomli sog’lomlashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 29-iyun, 2026-yil
“Yoshlar bilan porloq kelajak sari”
🏛 30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun yoshlarning erishayotgan yutuqlarini qadrlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga …
#Zangiota_tuman_akm
📅 29-iyun, 2026-yil
🗞 1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik …