Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Uch avlod uchrashuvi
Suhbat va samiymiyat
Davra suhbati
Joriy yilning 4-noyabr kuni tumandagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8–11-sinf o‘quvchi qizlar bilan sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena, etika, erta tug‘ruqning oldini olish hamda qizlarni hayotga mas’uliyat bilan tayyorlash mavzularida "Suhbat va samiymiyat" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mutaxassislar qizlarga sog‘lom va to‘g‘ri turmush tarzini shakllantirish, shaxsiy poklikning ahamiyati, o‘z-o‘zini asrash, hayotdagi muhim tanlovlar va mas’uliyatli qarorlar haqida yuksak mehr va e’tibor bilan tushuntirishlar berishdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida erkak va ayollarning huquqlari teng deb belgilab qo’yilgani, 2019-yil 2-sentabrda “Gender tengligi to’g’risida” qonun qabul qilinganligi hamda ushbu qonunning mazmun mohiyati haqida so’z yuritildi. “Uch avlod uchrashuvi” tarzida tuman axborot-kutubxona markazi, oila va xotin-qizlar bo’limi, “Nuroniy” jamg’armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda nuroniy ayollar, o‘rta avlod vakillari va yosh qizlar bir davrada suhbatlashib, o‘z tajribasi, o‘gitlari va hayotiy saboqlari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbirda 98 nafar o’quvchi-yoshlar va ularning o’qituvchilari ishtirok etdilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 17-sentabr, 2026-yil
📚 An’anaga muvofiq har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror topishi, xususan, xalqimiz, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash kitobxonlik madaniyatini …
#Zangiota_tuman_akm
📆 16-sentabr, 2026-yil
📚 Respublikamizda yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning bilimini, ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludi kuni munosabati bilan “Allomaning boqiy timsoli” …
#Zangiota_tuman_akm
📆 15-sentabr, 2026-yil
📚 O’sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy madaniyati va savodxonligini shakllantirish maqsadida tumandagi 40-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Mening huquqlarim va burchlarim” mavzusida kitobxonlik soati o’tkazildi. Oquvchilarga bolalarning asosiy huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berilib, qiziqarli savol-javob o’yini o’tkazildi. Bolalar uchun nashr etilgan “Huquq va men” …
#Туман_Ахборот_кутубхона_маркази_55_ёшда
КИТОБ БАРЧА БУНЁДКОРЛИК, ЯРАТУВЧИЛИК, АҚЛ-ИДРОК, ИЛМУ ДОНИШНИНГ АСОСИ, ҲАЁТНИ ЎРГАТУВЧИ МУРАББИЙДИР
Туман Ахборот-кутубхона маркази (авваллари турли номлар билан юритилган) ўзининг шонли 55 йиллигини нишонламоқда. Бу давр ичида бу ерда кўплаб фидойи кутубхоначилар одамларга зиё улашишди. Шу ўринда кутубхона ташкил этилгандан буён уни бошқарган Раъно Воҳидова, Абдураҳмон Асилов (1975-1980 …
#Zangiota_tuman_akm
📆 11-sentabr, 2026-yil
📚 Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlariga ko’maklashish hamda axborot-kutubxona markazi fondidagi eng sara adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Kitobxon millat — …
#Zangiota_tuman_akm
📆 10-sentabr, 2026-yil
📚 Mustaqilligimizning 35 yillik to’yi oldidan axborot-kutubxona markazi fondi o’zbek, rus va ingliz tillaridagi turli yosh toifasidagi kitobxonlarning qiziqishlari, bilim darajasi hamda ehtiyojlarini atroflicha hisobga olgan holda 1190 nushadagi yangi nashrlar bilan boyitildi. Ushbu kitoblarning targ’ibotini olib borish maqsadida “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi “Navro’z” mahallasi …