Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitobsevar millat
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz
Kitoblar bilan yaqindan tanishgan sayin inson ko’p narsalarga o'zgacha nigoh bilan nazar solishni boshlaydi. Kitob doimo insonlar uchun yaqin do'st , hamroh, dono maslahatchi bo`lib kelgan . Ba'zi kitoblarni mutolaa qilganda inson o`zi uchun hayotni yangidan kashf etishi ham mumkin . Ayniqsa bugungi yoshlarning ko`pchiligi bizning davr bir joyda o`tirib kitob varaqlaydigan davr emas deb ta`kidlashadi. Lekin kitob har qanday vaziyatda ham o’z o’rnini yo’qotmaydi. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida targ’ibot tadbirlari muntazam o’tkazib kelinmoqda. Bugun shunday tadbir “Navro’z” mahallasi aholisi o’rtasida olib borildi. Katta yoshdagi kitobxonlar uchun Ch.Aytmatovning “Qiyomat”, M.Alining “Ulug’ saltanat”, A.Azimning “Oshiq dilim” kitoblari, bolalar va o’smirlar uchun “Bolalarning katta ensiklopediyasi”, S.Barnoyevning “Tinchlikni ulug’laymiz”, O’zbek xalq ertaklaridan “Dunyoda yo’q hunar”, “Susambil”, A.Obidjonning “Mo’ttivoy”, A.Grinning “Aliye parusa” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …