#Zangiota_tuman_akm
📅 27-mart, 2026-yil
📚Bir donishmand “Ko’pchilik odamlar jonsiz deb bilgan kitob ularga qanchalik savodsiz ekanliklarini nisbotlab bera oladi” degan ekan.
Mutolaa orqali insonning bilimi ortib, mantiqiy fikrlashi o‘sadi. Kitobning inson hayotidagi ahamiyati beqiyos bo’lib, u inson umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo’luvchi sodiq do’stdir.
📚 Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan aholining, ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish maqsadida “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida targ’ibot tadbirlari davom ettirilmoqda. Bugun “Amir Temur” mahallasi aholisi e’tiboriga S.Suxinovning “Zumrad shahar parisi”, Zulfiyaning “Shabboda”, Anorning “Besh qavatli uyning oltinchi qavati”, J.Londonning “Martin Iden” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt (https://www.zakm.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/zangiota_akm?igsh=eGZ5NHI2a3A3bGVy&utm_source=qr) |
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100087950460478&__tn__=-UC*F) | YouTube (https://www.youtube.com/@zangiotaaxborot-kutubxonam1366) | telegram (https://t.me/zangiota_akm)
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-oktabr, 2026-yil
📚 O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida so‘lim tog‘lar bag‘ridagi “Parkent ijod uyi”da 16-17 oktabr kunlari tashkil etilgan “Adib va kutubxona” seminar-treningida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi xizmat rahbari G.Ayxodjayeva ham ishtirok etdi. Tadbir adabiyotning jonli nafasi, samimiy muloqotlar va adabiyotga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-oktabr, 2026-yil
📚 Bugungi kunda aholining ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Onalar millatning birinchi tarbiyachilari” mavzusida dildan davra suhbati o`tkazildi. Kitobxon …
#Zangiota_tuman_akm
📆 16-oktabr, 2026-yil
📚 Yo‘lda, tanaffusda, dam olish chog‘ida har bir bo‘sh daqiqani mutolaa uchun sarflash mumkin. Bir necha daqiqalik mutolaa ham inson qalbida yangi fikr, yangi bilim va yangi orzularni uyg‘otadi.“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi barchani kitob bilan do‘stlashishga, mutolaani kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylantirishga chorlaydi. Bugun 16-oktyabr …
#Zangiota_tuman_akm
📆 15-oktabr, 2026-yil
📚 Mixail Yuryevich Lermontov — rus adabiyotining Pushkindan keyingi eng yirik namoyandalaridan biri, shoir, nasrnavis, dramaturg va rassomdir. 15-oktabr-adib tavalludi kuni munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan “Qora ko’zlar” kitobining targ’iboti olib borildi.
Sayt …
#Zangiota_tuman_akm
📆 15-oktabr, 2026-yil
📚 O’zbek adabiyotining ikki atoqli namoyondalari oʻzbek yozuvchisi, tarjimon Mirzakalon Ismoiliy hamda O’zbekiston xalq yozuvchisi, iste’dodli adib Hakim Nazir tavalludi kunlari munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “Ulug’ insonlar doimo barhayot” rukni ostida kitob ko’rgazmasi tashkil etilib keng kitobxonlar ommasi e’tiboriga havola etildi. Ko’rgazmadan joy olgan M.Ismoiliyning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …