Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
9 апреля 2025 г.
Harbu-zarb dahosi

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi

Harbu-zarb dahosi

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Amir Temur – dunyo  tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli strateteg va siyosatchi, hayoti  davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson. Amir Temur tavalludi kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi axborot-texnologiyalari institutida «Harbu-zarb dahosi» nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha  bo‘lib o‘tdi.

Buyuk sarkardaning xayoti, jangovor faoliyati haqida ma’lumotlar berilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Buyuk salohiyat sohibi» nomli  kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi, hamda B.Haydarovning  «Sohibqiron fidoyilari» nomli kitobi yig’ilganlarga o’qish uchun tavsiya qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi axborot-texnologiyalari instituti kursantlari hamda o‘quvchi yoshlar ijro etgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

5 мая 2026 г.
Ekskursiya

#Zangiota_tuman_akm

📅 5-may, 2026-yil

🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari , tuman tashkilotlarining bir guruh xodimlari bilan birgalikda yurtimizning bebaho ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.

🏛 Mazkur markaz nafaqat ulug‘ ajdodlarimizning ilm-fan, ma’rifat va tamaddun rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etuvchi maskan, balki yosh avlod …

Batafsil
4 мая 2026 г.
Uch avlod uchrashuvi

#Zangiota_tuman_akm

📅 4-may, 2026-yil

🏛 Zangiota tumanida “9-may — Xotira va qadrlash kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Zangiota tumani hokimligi, tuman "Nuroniy" jamgʻarmasi, axborot-kutubxona markazi xodimlari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, avlodlar …

Batafsil
4 мая 2026 г.
Xotira uyg’onsa go’zal

#Zangiota_tuman_akm

📅 4-may, 2026-yil

🏛 9-may - Xotira va qadrlash kuni - g‘urur va qayg‘u kunimiz, jang maydonlarida jasorat bilan kurashgan, front ortida sabr-toqat va qat'iyatlilik, mehribonlik hamda rahm-shafqat ko‘rsatgan zamonamizning xaqiqiy qahramonlariga har bir fuqarolarimiz tomonidan cheksiz minnatdorchilik bildirish kunidir.  Inson xotirasi – muqaddas, inson qadri – ulug'.  Xotira …

Batafsil
1 мая 2026 г.
Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati

#Zangiota_tuman_akm

📅 1-may, 2026-yil

🏛 O‘zbek sheriyati va nasrining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, serbaraka ijodkor,  shoir, dostonnavis, hikoyanavis, qissanavis, romannavis, bolalar shoiri, jurnalist, adib Mirmuhsin hamda  O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi Iqbol Mirzo  tavalludi kunlari munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “Xotira uyg’onsa go’zal” hamda “Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati” nomli kitob …

Batafsil
1 мая 2026 г.
Iqtidori noyob adib

#Zangiota_tuman_akm

📅 1-may, 2026-yil

🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida jurnalist, o’zbek matbuoti vakili Mirmuhsin tavalludining 130 yilligi munosabati bilan “Iqtidori noyob adib” nomli davra suhbati o’tkazildi.

📚 Tadbirda  o'zbek xalqi tarixi, madaniyati, san'ati va adabiyoti qadim zamonlardan buyon sermazmun, serjilo va boy tafakkuri bilan boshqa xalqlar ma'naviyatidan ajralib turishi, sho’rolar …

Batafsil
30 апреля 2026 г.
Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📅 30-aprel, 2026-yil

🏛️ Mutolaa inson ma’naviyatini boyituvchi yo‘ldir. 2026-yil 30-aprel kuni tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasining navbatdagi soni o‘tkazildi. Loyiha doirasida mutaxassislar “Nurafshon” mahallasining gavjum ko‘chalari, jamoat transporti bekatlari va bog‘larda bo‘lib, yurtdoshlarimizga kutubxona fondiga yangi kelgan “Dunyo …

Batafsil