#Zangiota_tuman_akm
📅 17-mart, 2026-yil
🏛Farzandini kitobga oshno etishda ona oʻrnini hech bir ustoz bosa olmaydi. Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Ma’rifatli onalar- ma’naviyat posbonlari” nomli kitobxonlik kuni o’tkazildi. Tadbirda tuman tibbiyot birlashmasi tizimida faoliyat olib borayotgan bir guruh kitobxon onalar ishtirok etdilar. Kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng goʻzal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan maʼnaviyat sarchashmasidir.
📚 Tadbirda kitobning fazilatlari, uning hayotimizdagi órni naqadar beqiyos ekanligi haqida fikrlar yuritildi. Kitobxon onalarimiz ham ózlari sevib mutolaa qilgan asarlaridan olgan taassurotlari bilan bólishdilar. Oilada qaynona-kelin munosabatlarini mustahkamlashda, bolalar tarbiyasida kitob o’qishning foydali tomonlarini o’z oilalari misolida aytib berdilar. Tadbirda yana har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlari va milliy bayramlari borligi, O‘zbekiston xalqi uchun Navro‘z eng qadimiy va eng qadrli bayramlardan biri ekanligi, bu nafaqat yangi yilning boshlanishi, balki mehr-oqibat, tinchlik va birlik faslining ramzi hisoblanishi haqida so’z yuritildi. Milliy an’analar, milliy o’yinlar va milliy qo’shiqlar, laparlarning tarbiyaviy ahamiyati, Navro’z taomlari sumalak, halim, ko’k somsalar tayyorlab ilikuzildi vaqtida organizmni vitaminlar bilan boyitish kerakligi ta’kidlandi. Havoskor shoir-onalar o’z ijod namunalaridan o’qib berdilar. Savol-javob, rebus o’yinlarida faol ishtirok etgan qatnashchilar kutubxona ma’muriyati tomonidan kitoblar bilan taqdirlandilar.
👥 Tadbir so’ngida qatnashchilar kutubxona bo’ylab ekskursiya qildilar va o’qish uchun kitoblardan oldilar. Tadbirda 62 nafar xotin-qizlar qatnashdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt (https://www.zakm.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/zangiota_akm?igsh=eGZ5NHI2a3A3bGVy&utm_source=qr) |
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100087950460478&__tn__=-UC*F) | YouTube (https://www.youtube.com/@zangiotaaxborot-kutubxonam1366) | telegram (https://t.me/zangiota_akm)
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …