Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
22 июня 2025 г.
Kitob –bebaho hazina

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoz-o'tmoqda soz(dolzarb 90 kun)
Kitob –bebaho hazina
Kitobxonlik soati
Axborot-kutubxona markaziga 1-mintaqaviy hudud 24-tarbiya koloniyasida xizmat qilayotgan yosh xodimlardan bir guruhu tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida  “Kitob –bebaho hazina” mavzusida  kitobxonlik soati tashkil etildi.  Tadbirda  kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘i bo‘lib, inson zoti doim kitoblarga intilib yashab kelganligi, har doim kutubxonalar jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lganligi haqida so'z yuritildi.  Mutaxassislar tomonidan kutubxonaga yangi kelgan kitoblar haqida ma’lumotlar berildi. Kitobxonlar o’zlari o’qigan kitoblari, sevimli yozuvchilari  haqida gapirib berdilar. Mantiqiy savollarga javob topib qay darajada zukkoliklarini ko’rsatdilar. Tadbir so’ngida kutubxona bo’ylab ekskursiya qilib, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar va  o’qish uchun kitoblar oldilar.

15 мая 2026 г.
Yozgi ta’til yaqinlashmoqda!

#Zangiota_tuman_akm

📅 15-may, 2026-yil
 

🏛 Yozgi ta’til yaqinlashmoqda!
Bu vaqt o’quvchilar uchun nafaqat dam olish,balki sevimli kitoblari bilan do’stlashish uchun qulay fursatdir.Shu munosabat bilan axborot kutubxona-markazi mutaxassislari 40-umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’quvchilari huzuriga tashrib buyurib qiziqarli suhbat o’tkazdilar.

📚Uchrashuv davomida mutaxassislar jajji kitobxonlarga yangi nashr etilgan , “Malika uchun …

Batafsil
14 мая 2026 г.
Kitob bilim va ma’naviyat manbai

#Zangiota_tuman_akm

📅 14-may, 2026-yil
 

📚 Kitob insonning eng yaqin do‘sti, bilim va ma’naviyat manbai hisoblanadi. Mutolaa orqali insonning nutqi ravonlashadi, fikrlashi kengayadi hamda kelajakka bo‘lgan intilishi kuchayadi. Shu bois yoshlarni kitob o‘qishga jalb etish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

🏛 Bugun axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 40-maktabda …

Batafsil
13 мая 2026 г.
Ma’rifat sari ochilgan yo‘l

#Zangiota_tuman_akm

📅13-may, 2026-yil
 

🏛 Yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazi tomonidan ochiq osmon ostida “Ma’rifat sari ochilgan yo‘l” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📚 Mazkur tadbir davomida kitobxonlarga badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari keng namoyish qilindi. Ochiq …

Batafsil
12 мая 2026 г.
Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📅 12-may, 2026-yil
 

📚 Kitob qalbni nurga toʻldiruvchi bebaho boylikdir. Inson kitob oʻqish orqali bilim oladi, tafakkuri kengayadi va hayotga boʻlgan qarashi oʻzgaradi. Kitob bizni ezgulikka, sabr-toqatga va odobli boʻlishga oʻrgatadi.
Har bir kitob oʻzida katta ma’no va hayotiy saboqlarni mujassam etgan. Ertaklar mehribonlikni, tarixiy kitoblar ajdodlarimizning boy …

Batafsil
8 мая 2026 г.
XOTIRA-KELAJAK UCHUN IBRAT

#Zangiota_tuman_akm

📅 8-may, 2026-yil

XOTIRA-KELAJAK UCHUN IBRAT
 

🏛 Zangiota tumanidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyida Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda bugungi osoyishta hayotimiz yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Tadbir davomida yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yilib, ezgu tilak va samimiy minnatdorlik izhor etildi.

Xotira va qadrlash …

Batafsil
7 мая 2026 г.
Kitob sevar yoshlar yurt kelajagi

#Zangiota_tuman_akm

📅 7-may, 2026-yil
 

📚 Bugungi kunda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish muhim vazifalardan biriga aylangan, chunki kitob o‘qigan yoshlar Vatan ravnaqi uchun xizmat qiladigan, bilimli va barkamol inson bo‘lib ulg`ayadilar. Kitob insonni sabrli, odobli va maqsad sari intiluvchan qilib tarbiyalaydi.

🏛 O’quvchi-yoshlarning kitob mutolaasiga rag‘batini oshirish, kitobxonlar safini yanada …

Batafsil