#ulug'_xalq_qudrati_jo'sh_urgan_zamon
#ijodiy_uchrashuv
Zangiota tumanida bo‘lib o‘tayotgan "Munavvar oqshomlar " festivali doirasida 2022 yil 31 may kuni axborot-kutubxona markazining sayyor kutubxonasida "Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon" shiori ostida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman "Istiqbol" gazetasi bilan hamkorlikda yoshlar va ijodkorlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati Targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari, Xalq ta'limi a'lochilari, bolalar shoiri Muhayyo To‘laganova, shoira Mavjuda Sayyid (Xaitova) hamda shoir, madaniyat hodimi Erkin Akromovlar tashrif buyurdilar. Ushrashuv davomida ijodkorlar tomonidan o‘z ijod namunalaridan patchalar o‘qib eshittirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi" kitobining targ'iboti o'tkazilib, ijodkorlar bilan yoshlar o'rtasida hozirgi kunda jahonning ayrim mamlakatlarida urush ketayotgan bir paytda bizning jonajon o'lkamizda tinchlik hukmronlik surib, bayramlar bolayotganligiga shukronalar aytilib, erkin muloqat uyushtirildi. Tadbir ishtirokchilari o'zlari qiziqqan savollarga ijodkorlardan javob oldilar. Uchrashuv so‘ngida ijodkorlar Zangiota tumani axborot-kutubxona markaziga "Jasorat", " Qutlug‘ yo‘l" nomli kitoblar to‘plami sovg‘a qildilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …