Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
9 октября 2025 г.
Millatni uyg’otgan jadidlar

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi

Millatni uyg’otgan jadidlar

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Har bir millat va elatning o’z tarixi bor. Tarix zamirida esa, milliy o’zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg’usi mujassam. Mamlakatimizda istiqlol yillarida tarixiy qaror toptirish, xususan, Vatanimiz ozodligi va erkinligi yo’lida qurbon bo’lgan xalqimiz farzandlari nomini tiklash, ularning hayoti va faoliyatini o’rganish, tadqiq va targ’ib etishga qaratilgan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bugun axborot-kutubxona markazida Nuroniy jamg’armasi Zangiota tumani bo’limi bilan hamkorlikda “Millatni uyg’otgan jadidlar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Unda 30-yillarda yuzlab, minglab ziyolilar — millatni uyg‘otgan jadidlar, yozuvchilar, o‘qituvchilar, olimlar “xalq dushmani” degan soxta tamg‘a bilan o‘limga hukm etilganligi,  ularning aybi – faqatgina xalqni o‘qitish, millatni uyg‘otish, erkin fikrlashga o’rgatish ekanligi gapirib o’tildi. O’zbekiston qahramoni, O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad, O’zbekiston xalq yozuvchisi Shukrullolarning “Xalq dushmani” sifatida bir necha yillar qamoq jazosini o’taganliklari haqida ma’lumotlar berildi hamda ularning “Kafansiz ko’milganlar”, “Yo’qotganlarim va topganlarim” kitoblari, “Jadid adabiyoti namoyandalari” rukni ostida nashr etilgan  “Abdulla Avloniy” kitoblarining targ’iboti olib borildi hamda o’qish uchun tavsiya qilindi. Tadbirda 28 nafar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi  Maxsus avariya tiklash boshqarmasi xarbiy xizmatchilari va askarlari ishtirok etdilar.  Tadbirdan so’ng kutubxona bo’ylab ekskursiya o’tkazildi.

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil