#Zangiota_AKM
#Men_topgan_xazinaning_o`zisan_ona tilim_Yangi_O`zbekistonning_so`zisan_ona_tilim
Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish millatning yuksalishi demak. 1989 yil 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo`yicha “Davlat tili to`g`risida” gi Qonun qabul qilinib, unga ko`ra O`zbek tiliga – davlat tili maqomi berildi. Shu kundan boshlab, xalqimizning muqaddas qadriyatlarining gultoji bo`lgan ona tilimiz o`zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo`ldi. Bu yil O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligini nishonlaymiz. Ushbu muddat tarix oldida qisqa fursatdek tuyulsa-da, o‘tgan yillar davomida tilimizning nufuzi va obro‘si yana-da yuksalgani, ona tilimizda so‘zlashuvchilar soni jahon miqyosida million kishiga yetgani ham barchamizga g‘urur, iftixor bag‘ishlaydi. 2022 yil 18 oktabr kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Men topgan xazinaning o`zisan ona tilim, Yangi O`zbekistonning so`zisan ona tilim” deb nomlangan davra suhbati bo`lib o`tdi. Tadbirda tuman hokimining o`rinbosari, oila va xotin-qizlarni qo`llab quvvatlash bo`limi boshlig`i S.Usmonova, Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi Zangiota tumani bo`linmasi rahbari Sh.Bobojonova, tuman “Istiqbol” gazetasi bosh muharriri D.Sharipova, tuman hokimining til bo`yicha maslahtchisi N.Mavlonbekova hamda 73 ta MFYlarining xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar. Davra suhbati qizg`in savol-javoblarga boy tarzda o`tdi. Tadbir yakunida axborot-kutubxona markazi tomonidan yig`ilganlar uchun “O`zbek tilining izohli lug`ati” kitobining taqdimoti o`tkazildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …