#Zangiota_tuman_akm
📅 5-may, 2026-yil
🏛 Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari , tuman tashkilotlarining bir guruh xodimlari bilan birgalikda yurtimizning bebaho ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
🏛 Mazkur markaz nafaqat ulug‘ ajdodlarimizning ilm-fan, ma’rifat va tamaddun rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etuvchi maskan, balki yosh avlod qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlovchi muhim dargoh ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldik.
🏛 Tashrif davomida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Al-Xorazmiy kabi buyuk allomalarimizning boy ilmiy merosi, noyob qo‘lyozmalari va tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishildi. Har bir bo‘lim insonni chuqur mushohadaga chorlaydi, xalqimizning necha asrlik boy tarixi va tafakkur qudratini his etishga undaydi.
🏛 Ayniqsa, markazdagi zamonaviy yondashuv, tarix va innovatsiyaning uyg‘unligi barchamizda katta taassurot qoldirdi. Bu yerda yaratilgan sharoitlar ajdodlarimiz merosini dunyoga keng targ‘ib etish, yoshlar ongiga ilm-ma’rifat ruhini singdirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.
🏛 Shubhasiz, bunday maskanlar xalqimizning ma’naviy yuksalishi, milliy o‘zligini anglash va ajdodlar merosiga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt (https://www.zakm.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/zangiota_akm?igsh=eGZ5NHI2a3A3bGVy&utm_source=qr) |
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100087950460478&__tn__=-UC*F) | YouTube (https://www.youtube.com/@zangiotaaxborot-kutubxonam1366) | telegram (https://t.me/zangiota_akm)
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …