Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Zakovat bellashuvi
Inson aqli va tafakkuri jamiki muammolarni yechishga qodir. “Zakovat” o’yinlari yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda muhim rol o’ynaydi. Joriy yilning 23 dekabr kuni 6-umumta’lim maktabida “Zakovat” bellashuvi o’tkazildi. Unda maktabning 6-sinf o’quvchilari geografiya fanidan olgan o’z bilim va salohiyatlarini sinovdan o’tkazishdi. Berilgan savollarga o’z vaqtida va mukammal javob berib “Zukkolar” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. G’olib jamoa a’zolariga tashkilotchilar tomonidan kitoblar jamlanmasi sovg’a qilindi. Tadbirda 32 nafar o’quvchilar ishtirok etib, o’z tengdoshlarini qo’llab-quvvatladilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-oktabr, 2026-yil
📚 O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida so‘lim tog‘lar bag‘ridagi “Parkent ijod uyi”da 16-17 oktabr kunlari tashkil etilgan “Adib va kutubxona” seminar-treningida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi xizmat rahbari G.Ayxodjayeva ham ishtirok etdi. Tadbir adabiyotning jonli nafasi, samimiy muloqotlar va adabiyotga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-oktabr, 2026-yil
📚 Bugungi kunda aholining ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Onalar millatning birinchi tarbiyachilari” mavzusida dildan davra suhbati o`tkazildi. Kitobxon …
#Zangiota_tuman_akm
📆 16-oktabr, 2026-yil
📚 Yo‘lda, tanaffusda, dam olish chog‘ida har bir bo‘sh daqiqani mutolaa uchun sarflash mumkin. Bir necha daqiqalik mutolaa ham inson qalbida yangi fikr, yangi bilim va yangi orzularni uyg‘otadi.“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi barchani kitob bilan do‘stlashishga, mutolaani kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylantirishga chorlaydi. Bugun 16-oktyabr …
#Zangiota_tuman_akm
📆 15-oktabr, 2026-yil
📚 Mixail Yuryevich Lermontov — rus adabiyotining Pushkindan keyingi eng yirik namoyandalaridan biri, shoir, nasrnavis, dramaturg va rassomdir. 15-oktabr-adib tavalludi kuni munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan “Qora ko’zlar” kitobining targ’iboti olib borildi.
Sayt …
#Zangiota_tuman_akm
📆 15-oktabr, 2026-yil
📚 O’zbek adabiyotining ikki atoqli namoyondalari oʻzbek yozuvchisi, tarjimon Mirzakalon Ismoiliy hamda O’zbekiston xalq yozuvchisi, iste’dodli adib Hakim Nazir tavalludi kunlari munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “Ulug’ insonlar doimo barhayot” rukni ostida kitob ko’rgazmasi tashkil etilib keng kitobxonlar ommasi e’tiboriga havola etildi. Ko’rgazmadan joy olgan M.Ismoiliyning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …