Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
7 мая 2022 г.
“Xotira uyg‘onsa go‘zal”

#Zangiota_Xotira_uyg'onsa_go'zal
                                                                                                                                                                                                                          9-may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan Zangiota tumani 2-sektor hududida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Kozereva Zinaidaning xonadonida bayram tadbiri katta shodiyona bilan nishonlandi. Bayram oldidan Eshonguzar qo‘rg‘onining Amir Temur mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi dahshatlarining so‘nggi guvohi Zinaida Kozerovaning  uyi oldi o‘zgacha bezatildi. Bu yerda  Toshkent viloyati hokimligi, Zangiota tumani hokimligi, sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tuman Mudofaa bo‘limi va tuman faollari  hamda qo‘ni-qo‘shnilar jamuljam bo‘ldilar. URUSH HAQIDAGI KINONI HAM KO‘ROLMAYMAN - deydi Leningrad qamali vakili Zinaida KOZEREVA suhbat chog‘ida.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Zokir Xidoyatov ishtirok etib, Davlatimiz rahbarining sovg‘asini tumandoshimiz Zinaida Kozerevaga tantanali ravishda  topshirdi. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan tadbirlar doirasida axborot-kutubxona markazida “Xotira uyg‘onsa go‘zal” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, O‘zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi bayon etilgan kitoblar targ‘iboti olib borildi.

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil