Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
28 января 2022 г.
"Olov tutgan odam"

Islom Karimov – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, 1989 yildan 2016 yilga qadar mamlakatni boshqargan  rahbar, millat yetakchisi,  favqulodda zukko siyosatchi, kuchli jasorat, bukilmas iroda sohibi sifatida sodir bo‘layotgan murakkab voqea-hodisalarning mohiyatini teran anglagan, har bir yurtdoshining taqdiri uchun alohida mas’uliyatni his etgan. O‘zbekiston ahli uni haqli ravishda mustaqil mamlakatning me’mori, istiqlol kurashchisi va porloq istiqbol asoschisi deb biladi. U xalqaro maydonda Mustafo Kamol Otaturk (Turkiya), Sharl de Goll (Fransiya), Jorj Vashington hamda Franklin Ruzvelt (AQSH), Mahatma Gandi (Hindiston), Uinston Cherchill (Buyuk Britaniya) singari davlat arboblaridek obro‘-e’tibor qozondi. Dunyo siyosatining yetakchi namoyandalari uning fikriga quloq tutdi. U mudom xalq manfaatlarini o‘ylagan, hamisha mamlakat taraqqiyoti va farovonligini ko‘zlab faoliyat yuritgan oqil davlat rahbari, mohir siyosatchi edi.
          Toshkent viloyati Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasining  birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan  «Yaxshilar yodi unutilmas» deb nomlangan xotira kechasi o‘tkazildi. Kechada AKM direktori S.Axmedova yig‘ilganlarga metin iroda va qat’iyat sohibi bo‘lgan I.Karimov ulug‘ sarbon sifatida ulkan maqsadlarni ilgari surganligi, xalqni ularga ishontira olganligi, shu tariqa mamlakatda ahillik, birdamlik muhiti yaratilganligi, Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosida O‘zbekiston chinakam Yurtboshiga ega bo‘lganligi haqida gapirib o‘tdilar. U xalq dardiga quloq tutib, uning ko‘ngliga yo‘l topa oldi, tinchlik va osoyishtalikni ta’minladi, eng muhimi, ko‘p millionli xalqni Vatan taraqqiyoti yo‘lida birlashtirib, olamshumul islohotlarga safarbar etdi. «Ulug‘ insonlar doimo barhayot» deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda ko‘rgazmadan joy olgan Luqmon Bo‘rixonning «Olov tutgan odam» kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda  tuman mahallalarida yangi joriy etilgan «Yoshlar»  yetakchilari va kitobxonlar ishtirok etdilar. Tadbirdan so‘ng yoshlar yetakchilariga AKMga ekskursiya uyushtirilib, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kitob fondi bilan tanishtirildi. Ishtirokchilarning 38 nafari kutubxonaga a’zo bo‘lib ,o‘zlari uchun zarur adabiyotlarni o‘qish uchun oldilar.

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil