Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kiprikda qolgan tong
Xotira uyg’onsa go’zal
Kitobxonlik soati
Kitob ko’rgazmasi
Said Ahmad — so‘z sehri bilan qalblarga yo‘l topgan, har bir satrida millat yuragini titratgan, o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri edi. Uning qalamida hayot bor edi. U yozgan har bir hikoya, har bir obraz, har bir satr o‘quvchini o‘ylantirar, yuragini larzaga solardi.U hayotni oddiy odamlar timsolida, xalqning yuragidagi iztiroblar, orzular va umidlar orqali ko‘rsatdi. Uning asarlarida Toshkent ko‘chalari ham, cho‘l bo‘ylab yurgan karvonlar ham, urushdan qaytgan askarning dardi ham, onaning sabr-toqati ham jonlanar edi. Said Ahmadning qalamida so‘zlar nafaqat yoziladi, balki yashaydi.U o‘zbek tilining go‘zalligini, xalq ruhining bardavomligini asarlarida aks ettirgan. Adibning har bir asari xalqga mehr, Vatanga sadoqat, insoniylik, adolat va halollik haqida so‘zlaydi. O’zbekiston qahramoni,xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludi kuni munosabati bilan axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan adibning hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Kiprikda qolgan tong” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.Tadbir doirasida “Xotira uyg’onsa go’zal”rukini ostida adib asarlari yuzasidan kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, adibning “Yo’qotganlarim va topganlarim”, “Kiprikda qolgan tong”, “Jimjitlik” asarlarining targ’ibotlari olib borilib, o’qish uchun tavsiya qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …