Zangiota axborot-kutubxona markazi
Jadid adabiyoti namoyondalari
Tarbiyaviy soat
XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida butun Sharq mamlakatlari bo‘ylab yoyilgan islohotchilik harakati chor Rosiyasi qo‘l ostida bo‘lgan Turkiston o‘lkasiga ham kirib keldi. Bu islohotchilik harakati tarixga «jadidchilik», uning vakillari esa«jadidlar» nomi bilan tarixga kirdi. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida siyosiy xaritada paydo bo‘lgan 1991 yildan hozirga qadar olib borilgan tadqiqotlarda, yozilgan turli mazmundagi maqolalarda jadidchilik harakatining mohiyati turlicha tadqiq va tahlil qilindi, uning ko‘lami hamda uni harakatga keltirgan shaxslar hayoti, ijodi, jamiyatga bo‘lgan ta’siri masalalari yoritildi.
O‘zbek jamiyati, qolaversa, hukumat jadidchilik harakati va jadidlarning hayoti, faoliyati va ijodiy merosini keng o‘rganishga boshchilik qildi. Chunki jadidchilik harakati va jadidlar zamonaviy o‘zbek jamiyati va davlatchiligi shakllanishiga munosib hissa qo‘shdi, jadidlarining ilmiy va ijodiy merosi bugungi avlod tarbiyasida muhim o‘rni tutadi va ularda aks etgan g‘oyalar dolzarbligini yo‘qotgan emas.
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida 9 may Xotira va qadrlash kuni arafasida 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan “Jadid adabiyoti namoyondalari” nomli tarbiyaviy soat o‘tkazildi. Unda millatimiz ozodligi va obodligi, ma’rifati va saodati uchun bor kuch va imkoniyatlarini sarflagan hattoki shu yo‘lda jonlarini qurbon qilgan jadid bobolarimiz, ularning mashaqqatli hayot yo‘llari va milliy uyg‘onish g‘oyasi uchun kurashlari haqida so‘z bordi. Ishtirokchilar jadidlarni xotirlab, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy kabi ajdodlarimizning hayot yo‘llari, ular qoldirgan adabiy meros haqida suhbatlashdilar. Tadbir so‘nggida kutubxona bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi va mutaxassislar tomonidan o‘qish uchun kitoblar tavsiya qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …