Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Saratonda qor yog‘di
Kitob taqdimoti
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, mohir tarjimon, Sa’dulla Siyoyevning ijodi juda serqirra bo‘lib, uning qator hikoya, xajviya va romanlari ko‘pchilikka ma’lum va manzurdir. Yozuvchining «Qasam ichmagan yigit», «Sadag‘ang ketay» «To‘ylar muborak» «Oy borib, omon keling» «Og‘ir vaznli janjalkash», «Erkaklar uchun ertaklar» kabi hikoyalarida yozuvchi zamondoshlarimizning mehnat faoliyatini, xarakteri va insoniy his-tuyg‘ularini ardoqlaydi. «Yorug‘lik» «Beparvo bo‘lmoqchiman», «Avaz» kabi kitoblarini o‘quvchilar sevib o‘qib kelishmoqda. Adibning «Yassaviyning so‘nggi safari» romanining birinchi kitobi hamda «Haqiqat yo‘li» deb nomlangan ikkinchi kitobida buyuk allomalardan biri Ahmad Yassaviy haqida hikoya qilinadi. Sa’dulla Siyoyev M.Zoshchenko, L.Lench, A.Arkanov, G.Gorin kabi rus yozuvchilarining hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Axborot-kutubxona markazida yozuvchi tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Saratonda qor yog‘di” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan tadbir ishtirokchilariga Sa’dulla Siyoyevning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berilib, “Saratonda qor yog‘di” asarining mazmun mohiyati va bosh g‘oyasi to‘la-to‘kis ochib berildi. Tadbirda ishtirok etgan 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarga kutubxona bo‘ylab sayohat o‘tkazilib, o‘qishlari uchun kitoblar tavsiya etildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …