Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
23 сентября 2022 г.
“Kitob bilan kelajak sari”

Kutubxona — kitobga olib boradigan yo‘llar yaqin va oson bo‘lishiga xizmat qiladi. U ziyo tarqatuvchi maskan. Shunday ekan bu maskan hech kimni befarq qoldirmasligi darkor. 2022 yil 23 sentyabr kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida 14-IDUM o`quvchilari bilan kutubxona bilan tanishuv ekskursiyasi o`tkazildi. AKM mutaxassislari tomonidan “Kitob bilan kelajak sari” nomli kitob ko`rgazmasi tashkil qilinib, yangi adabiyotlar bilan tanishtirildi. Kutubxonaga a`zo bo`lish qay tartibda amalga oshirilishi, fonddan to`g`ri foydalanish, adabiyotlarni saqlash va boshqalar haqida o`quvchilarga ma`lumot berildi. Ekskursiya doirasida o`quvchilar o`rtasida tez aytish va maqolni davom ettirish tanlovlari o`tkazildi. Bugungi ekskursiyada kutubxona bilan tanishuv o`quvchilarda ijobiy taassurot qoldirib, barchalari kutubxonaga a`zo bo`ldilar.

15 мая 2025 г.
Kitobxon onalar kuni

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitobxon onalar kuni
Xalqaro oila kuni
Eng kitobxon oila
Ko’rik-tanlov
Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi. 15-may – “Xalqaro …

Batafsil
15 мая 2025 г.
Oila ma’naviyat va insonparvarlik maskani

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Oila ma’naviyat va insonparvarlik maskani
Kitob ko'rgazmasi
Oila – muqaddas qo’rg’on bo’lib, ota–ona va farzandlarning ma’nan, jismonan, ruhan yetukligi, komilligi uni boyitib turadi. Shuningdek, u kishilar hayotining eng muhim qismi, jamiyatning kichik bo’lagidir.  Oila masalasi yurtimizda muhim ahamiyat kasb etadi.  Chunki bizda azal-azaldan rivoj topib shakllanib …

Batafsil
14 мая 2025 г.
Kitob va kitobxonlik – inson ma'naviyati ko'zgusi

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitob va kitobxonlik – inson ma'naviyati ko'zgusi
Kitobxonlik soati
Oʻzbekiston xalq shoiri Uyg’un  tavalludi kuni munosabati bilan “Kitob va kitobxonlik – inson ma'naviyati ko'zgusi” mavzusida kitobxonlik soati tashkil etildi. Adibning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar berildi. “Alisher Navоiy” dramasidan monologlar o’qildi. Tadbir so’ngida o’quvchi yoshlar uchun …

Batafsil
13 мая 2025 г.
Jadid adabiyoti namoyondalari

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Jadid adabiyoti namoyondalari
Tarbiyaviy soat
Bugun 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi  o‘qituvchi va  o‘quvchilari bilan “Jadid adabiyoti namoyondalari” nomli tarbiyaviy soat o‘tkazildi. Unda millatimiz ozodligi va obodligi, ma’rifati va saodati  uchun bor kuch va imkoniyatlarini sarflagan  hattoki shu yo‘lda jonlarini qurbon  qilgan  jadid bobolarimiz, ularning mashaqqatli hayot …

Batafsil
12 мая 2025 г.
Mening sevimli adibim

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Mening sevimli adibim
Kitobxonlik soati
G’afur G’ulom tavalludi kuni munosabati bilan “Mening sevimli adibim” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi. Tadbirda tumandagi 36-maktabning o’quvchilari ishtirok etdilar. Unda akademik shoirimiz G’afur G’ulom o’zining she’riy, nasriy, ilmiy asarlari bilan o’zbek adabiyoti xazinasiga katta hissa qo’shganligi, uning asarlari yozuvchi yashagan davr …

Batafsil
8 мая 2025 г.
Xotira abadiy-qadr muqaddas

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Xotira abadiy-qadr muqaddas
Xotira kechasi
Bugun 14-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Kitob- qalb quyoshi” nomli faol kitobxonlar klubi a’zolari bilan o’tkazilgan  “Xotira abadiy-qadr muqaddas” nomli  kecha  O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning yorqin xotirasiga bag’ishlandi.  Tadbirda Muhammad Yusuf  o’zining qisqa, ammo mazmundor umri  va ijodiy faoliyati davomida boy …

Batafsil