Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
15 марта 2024 г.
“Kitob olamiga sayohat”

Zangiota axborot-kutubxona markazi
Kitob olamiga sayohat
She’riyat kechasi
Bugungi kunda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarni badiiy va ilmiy asarlarni mutolaa qilishga chorlash orqali an’analarimizdan kelib chiqqan holda, madaniyatimiz va ma’naviyatimizni yuksaltirib borish har birimizning burchimiz deb bilamiz. Zero adabiyot, ayniqsa badiiy asar avvalo insonga tarbiya vositasi sifatida ta’sir etadi, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi.
Ta’kidlash joizki, odamlar bir-biri bilan muloqot qilishi uchun jamoat kutubxonalaridanda yaxshiroq joy yo‘q. Aslida ham shunday. Endilikda erishishimiz lozim bo‘lgan narsa, kutubxonalar aholining barcha qatlami uchun birdek mashhur joy bo‘lishi kerak. Ma’lumotlilar, ma’lumotli bo‘lish istagida yurganlar, ishsizlar, o‘quvchilar, yoshlar va katta yoshlilar, mahalliy aholi va mehmonlar — tom ma’noda har kim kutubxonalarning barcha imkoniyatlaridan foydalana olishi kerak.
Ushbu ezgu ishlarni amalga oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Kitob olamiga sayohat” mavzusida tumandagi 36-38- umumta’lim maktablarining 7-8-9-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, kitob fondida saqlanayotgan kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxonaga sayohatlar o‘tkazilmoqda. Ular tadbir davomida nafaqat kitoblar bilan tanishmoqdalar, o‘zlari sevib o‘qigan asarlari, undagi o‘zlariga ideal deb topgan  qaxramonlari haqida suxbatlashib,  fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar. O‘quvchilarning intelektual bilimlarini sinab ko‘rish uchun rebus o‘yinlari o‘tkazilib, bo‘sh vaqtlarida o‘qishlari uchun kitoblar tavsiya qilinmoqda. O‘z navbatida  ishtirokchilar ham she’riyatga bo‘lgan muhabbatlarini monolog va she’rlarda ifoda etmoqdalar. Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun kutubxonaga ekskursiya o’tkazildi.

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil