Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro‘z
Bayram tadbiri
Yurtimizda ayni kunlarda tabiat uyg‘onib, go‘zal diyorimizga barchamiz orziqib, sog‘inib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Ayniqsa, tinchlik va sog‘liqni ulug‘laydigan, hayotni, yasharish va yangilanishni sharaflaydigan bayram — Navro‘zning bu yilgi qadri o‘zgacha.
Ha, Navro‘zning butun mohiyatida xalqimizning ezgulikparvar qalbi namoyon bo‘ladi. Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rku ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlamoqda.
Bugungi kunda Navro‘z o‘zining umuminsoniy g‘oyalari bilan bashariyat hayotidan tobora chuqur o‘rin egallamoqda. Barchamizga ayonki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining qarori bilan 21 mart — butun dunyoda Xalqaro Navro‘z kuni sifatida keng nishonlandi.
Aholi farovonligi, yurtimiz ravnaqi ustuvor maqsad bo‘lgan shiddatli islohotlarimizda ham Navro‘z ruhi bor go‘yo! Bu ezgu o‘zgarishlar ham odamlar hayotiga xush yangiliklar olib kirmoqda. Bugun Zangiota tumani markaziy Madaniyat bog‘ida katta tantana, butun tuman ahli Navro‘z bayramini nishonlamoqda.Tadbir doirasida axborot-kutubxona markazi tomonidan sayyor kutubxona, eng sara adabiyotlardan ko‘rgazma va kitob yarmarkasi tashkil qilindi. Mutaxassislar tomonidan aholi orasida “Yaxshi kitob-bu mening hayotimidagi muhim hodisa” mavzusida o‘tkazilgan qiziqarli savol-javobda eng yaxshi javob bergan ishtirokchilar kutubxona ma’muriyati tomonidan badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar. Shuningdek tuman hokimi E. Rustamov qator mutasaddilar bilan sayyor kutubxonada bo'lib, bu yerdagi yoshlar bilan qanday kitob o'qiyotganlari va bo'sh vaqtlarida nima bilan mashg'ul bo'layotganliklari haqida suhbatlashdi.
Aziz vatandoshlar, fursatdan foydalanib, sizlarni jamoamiz nomidan Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etamiz.
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …