Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
O‘qituvchi va murabbiylar kuni
Sharaf sizga, olqish sizga aziz ustozlar!
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni!
Shu kuni bizga saboq bergan, hayot so‘qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklashga oshiqamiz. Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug‘, degan purhikmat naqlida ham o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyon. Bu bayram, avvalo, o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.
Zangiota tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida ushbu bayram munosabati bilan Sharaf sizga, olqish sizga aziz ustozlar! mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirlarda axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etib, o‘qituvchi va murabbiylar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy adabiyotlar jumladan, L.Bo‘rixonning “Sirli muallim”, A.Qahhorning “Adabiyot muallimi”, Ch.Aytmatovning “Birinchi muallim” nomli kitoblarining targ‘ibotini olib bordilar va o‘qish uchun tavsiya qildilar. Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktyabr - O‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini sochadigan, o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot - o‘qituvchi va murabbiylarimizga bugungi kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, deymiz!
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …
#Zangiota_tuman_akm
📆 14-oktabr, 2026-yil
📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …
#Zangiota_tuman_akm
📆 13-oktabr, 2026-yil
📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …
#Zangiota_tuman_akm
📆 12-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 09-oktabr, 2026-yil
📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis, shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 08-oktabr, 2026-yil
📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …