Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
24 апреля 2021 г.
“O‘zbek estrada san’atining asoschisi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Milliy estrada san’atimiz asoschilaridan biri, zamonaviy o‘zbek madaniyatini dunyo miqyosida keng targ‘ib etgan, ijodiy va ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatini inobatga olib va tavalludining 85 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida joriy yilning 24 aprel kuni Toshkent viloyati “TURON” axborot-kutubxona markazi, Zangiota tuman axborot-kutubxona markazi va tuman Madaniyat bo‘limi hamkorlikda “O‘zbek estrada san’atining asoschisi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O'zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov va Gavhar Zokirovalar, O‘zbekistondagi Ozarbayjan elchixonasi qoshida tashkil etilgan Xaydar Aliyev nomidagi Ozarbayjan madaniyat markazi direktor muovini janob Zeynalov Po‘lad Muallim, yozuvchi Ashurali Jorayev, umidli honanda Nodir Tursunovlar ishtirok etdilar.
Xalqimiz orasida “Kitobsiz aql – qanotsiz qush” degan maqol bejizga aytilmagan. Inson har bir ilmni ustoz va albatta, kitobdan organadi. Kitob – insonning eng yaqin dostidir. Tashkillashtirayotgan har bir davra suhbatlarimizda sozboshi sifatida bu kabi ibratli fikrlarni talqin qilishimiz orqali yoshlarni chuqur hayotiy tajribaga safarbar eta olamiz. Shu ma’noda bugungi tadbirda ham yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, aholining barcha qatlamini kitob oqishga jalb qilish, milliy o'zbek adabiyoti, xususan, hozirgi zamonaviy durdona asarlar bilan tanishtirishdan iborat. Bugungi kunda yoshlar ortasida bestseller bo'lgan “Yurak boronlari” nomli kitobining muallifi  O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, yozuvchi Ashurali Jo'rayev bilan suhbat o'tkazilib uning “Yurak boronlari”  kitobining taqdimoti o'tkazildi. Tadbirda 450 nafar aholi va yoshlar ishtirok etdilar.

14 октября 2026 г.
“Termizdan chiqqan donishmand”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.
Axborot-kutubxona markazida Hakim at-Termiziy ijodiy …

Batafsil
14 октября 2026 г.
“Zakovat — aql charxi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 14-oktabr, 2026-yil
 

📚 Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish maqsadida tumandagi 24-umumta’lim maktabda “Zakovat — aql charxi” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi. Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, zukkoliklari va tezkor javob berish koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bunday intellektual …

Batafsil
13 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 13-oktabr, 2026-yil
 

📚 Kitobxonlikni keng targ‘ib etish va aholining mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Loyiha davomida jamoat joylari, ko‘chalarda tumandoshlarimizga kutubxonaga yangi kelgan qiziqarli va mazmunli kitoblar haqida ma’lumotlar berildi hamda ularni mutolaaga …

Batafsil
12 октября 2026 г.
"Huquqiy savodxonlik"

#Zangiota_tuman_akm

📆 12-oktabr, 2026-yil
 

📚 Zangiota tibbiyot texnikumida 2-kurs o‘quvchilari ishtirokida "Huquqiy savodxonlik" mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, davlat ramzlariga hurmat, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, yoshlarning huquq va burchlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik namoyish etilib, yoshlarning huquqiy bilimi …

Batafsil
9 октября 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 09-oktabr, 2026-yil
 

📚 “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”  loyihaning asosiy maqsadi: Kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholi gavjum maskanlarda, ko‘chalarda, mahallalarda va jamoat joylarida fuqarolar, ayniqsa yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng yoyis,  shu bilan birga axborot-kutubxona markazidagi eng sara kitoblarni targ’ibotini olib borishdan iborat. Bugungi targ’ibot tadbiri tumandagi …

Batafsil
8 октября 2026 г.
“Mehnat yarmarkasi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 08-oktabr, 2026-yil
 

📚 Respublika, viloyat, tuman mutasaddi rahbarlari Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolari, qiziqishlari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha savollariga javob berdilar. Uchrashuvda yoshlarga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari, tadbirkorlik hamda yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida …

Batafsil